Ğazodagi 50 kunlik humanitar qamal, Saudiyaga tahdid qilayotgan husiyçilar va Orbanning taktikasi - kun dayjesti
|19:03 / 10.07.20248 1959 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Qatar poytaxti Dohada AQŞ boş vazvedka boşqarmasi rahbari Uilyam Byorns, qatar boş vaziri, mamlakatning taşqi işlar vaziri Muhammad Ol Soniy, Isroilning «Mossad» razvedka xizmati rahbari David Barnea va Misr razvedkasi rahbari Abbos Komil Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar ötkazişmoqda.
Bu orada Isroil harbiylari yana Ğazo aholisiga öz uylarini taşlab boşqa joyga köçişlari lozimligi töğrisida buyruq berişgan.
Qariya erkaklar, ayollar va bolalardan iborat uzluksiz oqim Ğazo şahridan ğarbga va janubga yöl olgani tasvirlari paydo böldi. Ayrimlar qariyalar va yaradorlarni qölidan tutib olgan, yoş bolalar opiçlab olgan, qöllarida esa sumka va kanistrlar uşlab olgan. Ogohlantiriş yangragaç, Isroil harbiy havo kuçlari Ğazo şahrining şarqiy qismiga intensiv aviazarbalar bergan.
Şaharning Daraj, Tuffah mavzelari va eski şahar qismi nişonga olingan.
Rossiyaning Kiyevdagi «Oxmadet» bolalar şifoxonasiga bergan raketa zarbasidan söng ukrainalik bemor bolalarni Isroilda tekin davolaşini e’lon qilgan yahudiylar hamon Ğazoga insonparvarlik yuklarini ötkazişmayapti.
Suv, oziq-ovqat, dori-darmonlar ortilgan yuzlab yuk maşinalari Misr va Ğazo çegarasidagi «Rafah» ötkaziş punktida Ğazoning humanitar qamali sababli 50 kundan beri turib qolgan.
Uruşning 277-kuniga kelib, Ğazoda halok bölganlar soni 38 ming 243 kişiga yetdi. Yaralanganlar soni 88 ming 33 kişini taşkil etmoqda, deb xabar beradi Falastin soğliqni saqlaş vazirligi.
Sönggi bir sutka içida Isroil harbiylari uçta ommaviy qirğinga sabab bölgan bombalaşlarni amalga oşirib, 50 kişining qurbon bölişi va 130 kişining yaralanişiga sababçi bölişdi.
Şu paytgaça Ğazoda 21 mingdan ziyod yoş bolalar bedarak yöqolgan hisoblanadi.
Yamandagi vaziyat
Yamanda muhim siyosiy yetakçini ozod qiliş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Yamandagi husiyçilar guruhi Yamanning xalqaro tan olingan hukumati bilan boğliq bölgan va qariyb 10 yildan buyon hibsda saqlanayotgan siyosiy yetakçini ozod qilişi mumkin.
Mavzuga oid
Bu haqda ötgan dam oliş kunlari Ummonda BMT maxsus vakili Hans Grundberg boşçilik hibsdagilarni almaşiş böyiça muzokaralar bölib ötgan. Tomonlar Yaman hukumatining muhim figurasi, «Isloh» partiyasi yetakçisi, 2015 yildan buyon husiyçilar qölida hibsda turgan Muhammad Qahtonni ozod qiliş böyiça muzokara olib borişgan.
Qahtonning ozod qilinişi köp yillardan buyon bahs mavzusi bölib kelmoqda. Uning almaştirilişi 2014 yildan buyon fuqarolik uruşi iskanjasida qolgan Yamandagi vaziyatning normallaşişini yengillaştirişi mumkin. Qahtondan taşqari husiyçilar BMT agentligi, diplomatik missiyalar va boşqa taşkilotlarning kamida 45 xodimini hibsda uşlab turişibdi.
Bu orada husiyçilar Saudiya Arabistoniga yangi uruş bilan tahdid qila boşlaşdi.
Husiyçilar harakatining yetakçisi Abdulmalik al-Husiy videomurojaat orqali çiqiş qilib, Saudiya Arabistoni bilan uruşni qayta boşlaş va hayotiy muhim nişonlarga zarba berilişi bilan tahdid qilgan.
Al-Husiy Saudiya Arabistonini HAMAS harakatining hibsga olingan vakillarini husiyçilar qölida hibsda turgan saudiyalik uçuvçilarga almaşişni istamayotgani, şuningdek, husiyçilarga köplab iqtisodiy bosim çoralarini qöllayotganlikda ayblagan.
Al-Husiy saudiyaliklarga «köp ham amerikaliklarga işonavermanglar», qabilida ogohlantiriş bergan.
«AQŞ Saudiya rejimi biz bilan total uruşga kirişişini istaydi, lekin biz heç qaçon ularning aqlsiz harakatlari oldida qölimizni pastga tuşirmaymiz. Saudiya Arabistoni özining ahmoqona harakatlarini berkita olmasligini tuşunişi va notöğri yöldan qaytişi kerak», degan al-Husiy.
Uşbu tahdidlar Saudiya taşqi işlar vaziri Faysal ibn Farhon tomonidan Yamandagi tinçlik yöl xaritasi imzolanişga tayyor bölgani haqida e’lon qilganidan 4 kun ötib yangragan.
AQŞdagi NATO sammiti
AQŞ poytaxti Vaşingtonda NATOning 75 yillik yubiley sammiti uç kun davomida ötkaziladi. Bu prezident Bayden uçun ham hal qiluvçi hafta böladi. Sammit Baydenning saylovoldi kampaniyasini qutqarib qolişi, yoki aksinça, uni batamom barbod qilişi mumkin, deb yozadi BBC.
Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatga kirişganidan söng Bayden siyosiy jihatdan omon qoliş harakatiga tuşib qolgan. Bu jarayonni AQŞda ham, jahonda ham sinçkovlik bilan kuzatişmoqda.
Vaşingtonda ötayotgan NATO sammiti Baydenga vaqtinçalik nafas rostlab oliş imkonini berişi yoki prezidentning sönggi kuraşiga aylanişi mumkin.
Bayden bir neça bor saylovoldi kampaniyasidagi iştirokini davom ettirişini ta’kidladi. U öz nomzodi borasida şubhalar va öylovlar vaqti ötganini aytmoqda. Sammitda esa omon qoliş uçun harakat boşlanadi.
Bayden uç kun davomida Şimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar yetakçilarini qabul qiladi. Uçraşuvlar, ommaviy tadbirlar bölib ötadi, ularning kulminatsiyasi payşanba kuni Bayden iştirokidagi matbuot anjumani böladi.
Bayden xalqaro munosabatlarni teran tuşunadi, binobarin bu sahnada özini juda qulay his qilişi kerak. Lekin örtaga tikilgan dov juda katta, agar uning çiqişi yana muvaffaqiyatsiz bölsa bu halqaro va mamlakat içida ham oqibatlar keltirib çiqaradi.
Agar u yana depsinib qolsa, demokratlar örtasidagi sarosima yanada kuçayadi va Baydenning noyabrda böladigan saylovlarda ğalabasi u yoqda tursin, iştirokini savol ostida qoldiradi.
Baydenning ehtimolli qovun tuşirişi Donald Trampning yana qayta prezident bölişi va AQŞ taşqi siyosati 180 gradusga özgarişidan taşvişga tuşib qolgan yevropalik ittifoqçilarning ham qörquvini kuçaytiradi.
Orbanning taktikasi
Vengriya Yevropa Kengaşida raislikni qölga kiritgaç, mamlakat boş vaziri Viktor Orban jöşqin taşqi siyosiy faoliyat bilan şuğullana boşladi. U uruşni tugatiş niyatida ekanini aytib, Kiyev, Moskva va Pekinga bordi. Uning şubhali sa’y-harakatlari Yevropa Kengaşida ma’qul körilmayapti.
«Yevropa yetakçilari Orbanning öta faolligidan ensalari qotmoqda. Yevrokomissiya rahbari va Yevropa Kengaşi raisi Ursula fon der Lyayyen va Şarl Mişel öz xatti-harakatlari bilan Bryusselda janjal keltirib çiqarayotgan Vengriya yetakçisini tanqid ostiga olişdi», — deyiladi naşrda e’lon qilingan maqolada.
Yevropani ayniqsa Orbanning ikki yarim yildan buyon Ukrainaga qarşi qonli uruş olib borayotgan va töxtaş bilmayotgan Vladimir Putin huzuriga taşrifi ğazablantirgan.
Yevropa Kengaşidagi manbalar Orbanning xatti-harakatlari Vengriyaning raisligini «çippakka çiqargan». Kengaşga a’zo davlatlar undan nihoyatda ğazablangan.
«Bunday uçraşuvlar bilan raislik boşlanmasdan turib tugaydi», — degan Politico’ga manbalardan biri.
Naşrning qayd etişiça, Orbanning faolligi uning partiyasi ötgan parlament saylovlarida tanazzulga yuz tutgani bilan tuşuntirilişi mumkin. Vengriya boş vaziri amal kursisida qoliş uçun yangi ittifoqçilarga tayanib, öz pozitsiyalarini kuçaytirişga urinmoqda.
«Orbanning taktikasi öziga qarşi işlaşi mumkin. Yevropa Ittifoqi elçilari uning yaqindagi safarlarini 10 iyul kuni muhokama qilişmoqçi. Bu esa Yevropa kengaşining rasmiylari oğzaki muhokamalardan Budapeştning raisligini çeklaş böyiça muayyan harakatlar boşlayotganini bildiradi», — deyiladi maqolada.
Vengriyani raislikdan mahrum qiliş uçun sabab mojaroli safarlar çoğida Orban öz mamlakati nomidan emas, Yevropa Ittifoqi nomidan harakat qilgan. Yevropa Ittifoqi yetakçilari özlarini oqlaşga, Vengriya boş vazirining xatti-harakatlari va gaplariga aloqalari yöqligini ta’kidlaşga majbur bölişgan.
Vengriyaga nisbatan yoqtirmaslik kayfiyati, jumladan Orban Ukrainaga moliyaviy yordamlarni bloklaşda davom etayotgani tufayli oşib bormoqda.
Yevropa Ittifoqida Vengriyani raislikdan mahrum etiş mexanizmlari bor. YeI yetakçilari bunga qöl urişadimi yoki Orbanga sönggi ogohlantiriş berişadimi, bunisi hozirça noma’lum. Budapeştdan statusni olib qöyiş uçun Yevropa kengaşidagi ovozlarning 4/5 qismi yetarli.