Renminbao portali kasod bölgani töğrisidagi miş-mişlardan söng mijozlar şturmiga uçragan Jiangxi bankining boş qarorgohidan reportaj e’lon qildi, deb yozmoqda TRT. Avvalroq bank mijozlarning kreditni söndirişi bilan boğliq muammolaridan söng daromadi 30 foizga kamayişi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
The Economist naşri ham Xitoyning bank sektoridagi vaziyatni tasvirlab berdi.
Qayd qilinişiça, Xitoyda 3800 ga yaqin bank muassasalari tahdid ostida. Ularning yiğindi aktivlari 5,7 trln dollarni taşkil etadi va bu mamlakat bank tizimining 13 foiziga teng. Jurnalning qayd etişiça, bu banklar uzoq vaqt yomon boşqarilgan va muammoli kreditlarning ulkan hajmini jamğarib olişgan.
Maqolada aytilişiça, ularning köpçiligi quruvçilar va mahalliy hokimiyat organlariga qarzga pul bergan va köçmas mulk bozoridagi krizis ta’siri ostiga tuşib qolgan. Maqola mualliflarining qayd etişiça sönggi yillarda ularning portfelining 40 foizini qaytarilmas kreditlar taşkil etayotganini sezib qolişgan.
«Kreditlar bilan suğorilgan ösiş yillari nihoyat tugadi va buning natijasi Xitoyda ösiş sur’atlarining pasayişi va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir bölmoqda. Xitoy iqtisodiyotining ösişi sekinlaşişi ularning bankka doir muammolarini ham çuqurlaştiradi», — deya ogohlantirgan The Economist hamsuhbati.
Xitoyning köplab şaharlari va hattoki butun bir hududlari qarzga botib qolgan. Majburiyatlar şu qadar ulkanki, bahorda mahalliy hokimiyat öz vakillarini Pekinga jönatişga majbur bölgan. Tölanmagan qarzlar mahalliy iqtisodiyotlarga borgan sari bosim ötkazmoqda va milliy iqtisodiyotning ösişiga tahdid qilmoqda.
Xitoy şaharlari botib qolgan qarzlar birinçi navbatda köçmas mulk sohasidagi krizis oqibatlaridir. Şuningdek, koronavirus pandemiyasi ham özining salbiy asoratlarini qoldirgan.












