Sanoat zonalari obektlarini xususiylashtirish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining "Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:
● tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish;
● kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining yosh tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan davlat ko‘chmas mulk obektlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuqorida ko‘rsatilgan obektlarni xususiylashtirish bo‘yicha vakolatlar berildi.
2024 yil 1 avgustdan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.
Poytaxtda majburiyatlar bajarilishi natijalarini qabul qilish va obektlarni xususiylashtirish masalalari alohida hukumat komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Kichik sanoat zonalari obektlarini (ularning qismini) xususiylashtirish 5 bosqichda amalga oshiriladi:
● majburiyatlarni bajargandan so‘ng kichik sanoat zonasi ishtirokchisi direksiyaga ariza yuboradi;
● direksiya 5 ish kuni ichida hujjatlar to‘plamini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
5 kun ichida balansda saqlovchiga obektni inventarizatsiya qilish to‘g‘risida xat yuboradi;
17 kun ichida baholash tashkilotini jalb qilgan holda obektni baholaydi;
bir kun ichida kichik sanoat zonasi ishtirokchisiga obektni baholangan qiymati bo‘yicha sotib olish to‘g‘risida taklif yuboradi;
ishtirokchi rozi bo‘lgan taqdirda 10 kun ichida u bilan obektni oldi-sotdi qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi;
obekt qiymati to‘langandan so‘ng ishtirokchiga obektga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.
Shunga o‘xshash tartib yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi obektlarni xususiylashtirish uchun ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
O‘zbekiston | 12:28
-
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 12:26
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
Mavzuga oid

21:36 / 01.04.2025
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi

12:27 / 01.04.2025
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

16:21 / 27.03.2025
2025 yilda 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, budjetga 10 trillion so‘m tushirish vazifasi qo‘yildi

08:30 / 17.03.2025