Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konditsioneri ishlamagan kupe chiptalaridan pullar chegirib qolinadi – Raqobat qo‘mitasi
Raqobat qo‘mitasi bir guruh san’atkorlar chiqqan kupeda havo sovitish tizimi ishlamagani yuzasidan o‘rganishlarini ma’lum qildi. Endilikda kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, pullar chipta narxidan chegirib qolinadi. Yo‘lovchi vagonining sovitish tizimi ishlamagan taqdirda ma’lum summadagi mablag‘lar kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum summadagi pullar chegirib qolinadi.
Ya’ni sovitish tizimi xizmatlari uchun ham chiptaga to‘lov qilingan, ammo yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan paytda konditsioner ishlamasa va bu holat o‘z tasdig‘ini topsa, yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘’tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan shu yilning 19 iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, chipta narxidan chegirib qolinadi.
Qolaversa, qo‘mita yuqoridagi kabi muammolar yuzasidan tashkilotning o‘zi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga konditsioner ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan tegishli raqam va elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 13 iyul kuni “Xiva - Andijon” yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchilari, xususan, san’atkorlar issiq havoda sovitish tizimi ishlamayotganidan norozi bo‘lgandi.
Ularga sotilgan chiptalarda kupeda konditsioner ishlashi yozilgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” vagonlar eskirgani va anomal issiq sabab ularda nosozlik kuzatilganini aytib, uzr so‘ragan. Raqobat qo‘mitasi tekshiruv boshlaganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
20:20 / 25.05.2026