Bangladeshdagi namoyishlar oqibatida o‘nlab bolalar halok bo‘ldi - YuNISEF
Halok bo‘lgan bolalarning eng kichigi 5 yoshga ham to‘lmagan bo‘lib, qurbonlarning aksariyati tasodifiy insonlardir.

Foto: Getty Images
BMTning bolalar jamg‘armasi YuNISEF o‘tgan oy Bangladeshni qamrab olgan talabalar norozilik namoyishlari oqibatida kamida 32 nafar bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.
YuNISEF vakiliga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning eng kichigi 5 yoshga ham to‘lmagan bo‘lib, qurbonlarning aksariyati tasodifiy insonlardir. BBC Bangla ma’lumotlarda qayd etilishicha, ular davlat xizmatidagi ish o‘rinlari kvotasiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda halok bo‘lgan 200 dan ortiq qurbonlarning bir qismidir.
Ish yo‘qligidan hafsalasi pir bo‘lgan talabalar davlat ish joylari 30 foizi Bangladeshning 1971 yildagi mustaqillik urushi faxriylari qarindoshlari uchun ajratiladigan kvota tizimini to‘xtatishni talab qilmoqda. Xususiy sektorning rivojlanishiga qaramay, davlat xizmati mamlakatda barqaror va jozibador hisoblanadi. Har yili 400 mingga yaqin bitiruvchi 3000 ta o‘ringa hujjat topshiradi.
Hukumat Oliy sud qaroridan keyin kvota tizimini qisqartirgan, biroq talabalar halok bo‘lgan, yaralangan yoki qo‘lga olinganlar uchun adolat talab qilgan holda namoyishlarni davom ettirmoqda.
Ayni vaqtda norozilik namoyishi ko‘lami kichraygan bo‘lsada, hukumat avval boshida uni bostirish uchun amalga oshirgan sa’y-harakati sabab o‘sib borayotgan g‘azab to‘lqinini bazo‘r tutib turibdi.
«Nima uchun birodarlarimiz qabrda, qotillar esa ozodlikda?», — deya Dakkadagi katta masjidda to‘plangan olamon savolni o‘rtaga tashlagan.
Reuters agentligiga ko‘ra, mamlakat xavfsizlik kuchlari ko‘chalarda to‘plangan minglab odamlarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gazlarni qo‘llagan va ularga qarata rezina o‘qlardan foydalangan. Shunga qaramay, kamida 20 kishi jiddiy jarohat olgan.
YuNISEFning Janubiy Osiyo bo‘yicha vakili Sanjay Vijyesekera joriy hafta Bangladeshga tashrifi davomida bolalar ham qo‘lga olinganidan xabar topganini ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot tomonidan tasdiqlangan 32 bolaning o‘limi «dahshatli yo‘qotish» hisoblanadi.
BMT jamg‘armasi vakiliga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning aksariyati 13 va undan katta yoshdagilar, bir bola 5 yoshdan kichik bo‘lgan va yana biri 12 yoshga to‘lmagan.
Bangladesh axborot vaziri Muhammad Ali Arofat hukumat YuNISEF aniqlagan qurbonlarga oid ma’lumotlarga ega emasligini ma’lum qildi. «Ular bu raqamlarni qayerdan oldi, bilmaymiz. Pozitsiyamiz aniq: kim o‘ldirilgan bo‘lmasin biz tergov o‘tkazamiz va javobgarlikka tortamiz», — deydi u.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

00:40 / 03.02.2025
Gurjistonda namoyishga chiqqan o‘nlab muxolifat vakillari hibsga olindi

22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

20:37 / 11.01.2025
Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

23:25 / 23.12.2024