Bangladesh prezidenti muxolifat yetakchisi Xolida Ziyoni ozod etdi
Prezidentning boshqa bir qarori bilan norozilik namoyishida hibsga olingan barcha ozod etiladi va yangi hukumatni shakllantirish uchun parlament tarqatib yuboriladi.

Xolida Ziyo / Foto: NDTV
Bangladesh prezidenti Muhammad Shahobiddin sobiq bosh vazir va muxolifat yetakchisi Xolida Ziyoni uy qamog‘idan ozod etishga oid farmoyishni imzoladi, deb xabar beradi NDTV.
Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina iste’foga chiqqani va mamlakatni tark etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatni yuzlab kishilar o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy namoyishlar qamrab olgan. Prezidentning boshqa bir qarori bilan norozilik namoyishida hibsga olingan barchani ozod etish va yangi hukumatni shakllantirish uchun parlamentni tarqatib yuborish buyurilgan.
Xoliya Ziyo — Bangladesh Millatchi partiyasi yetakchisi, 1991-1996 yillar hamda 2001-2006 yillar davomida bosh vazir lavozimida ishlagan. 2007 yilda Ziyo korrupsiyada ayblanib hibsga olingan va qamoq jazosiga hukm etilgandi. Oradan bir yil o‘tgach u garov evaziga ozod qilindi. Natijada sobiq bosh vazirga nisbatan yana o‘nlab ishlar qo‘zg‘atilgan. 2018 yilda u qamoq jazosiga hukm etiladi, keyinroq bir necha bor sog‘lig‘ida muammolar tufayli uy qamog‘iga o‘tkaziladi.
Bugun, 5 avgust kuni iste’fo bergan Shayx Hasina 2009 yilda hukumat rahbariga aylangan edi. U ilk bor 1996-2002 yillar davomida bosh vazir lavozimini egallagan, shundan so‘ng uning o‘rniga Xolida Ziyo kelgandi. Hasina 2014, 2018 va 2024 yillarda o‘tkazilgan saylovlar yakuni bo‘yicha ham lavozimda qolgan. 2014 hamda 2024 yilda muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qilgan, bundan olti yil oldin muxolifat hukumatni ovoz berish jarayonlarini soxtalashtirishda ham ayblagan edi.
Iyul oyidan Bangladeshni ommaviy namoyishlar qamrab oldi: talabalar davlat sektoridagi ish o‘rinlarining uchdan bir qismi 1971 yildan Pokistondan mustaqillikka erishish uchun bo‘lgan urush faxriylarining qarindoshlari uchun zaxira qilinishini ko‘zda tutuvchi kvotalar tizimini o‘zgartirishni talab qilib ko‘chalarga chiqishgandi.
2018 yilda bosh vazir Shayx Hasina hukumati tomonidan bekor qilingan kvotalar tizimi iyun oyida quyi instansiya sudi tomonidan yana tiklangan va bu jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lgandi. Talabalar bu tartibni diskriminatsiya deb atashgan va ishga qabul har bir alohida nomzodning malakasiga asoslanishini talab qilishgan.
Avvaliga faqat talabalar ishtirok etgan namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab yoyilib ketdi. Business Standard gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugunning o‘zida namoyishlarda 110 kishi halok bo‘lgan, qurbonlarning eng ko‘pi poytaxt Dakkada — 71 kishi. Namoyishlar boshlanganidan beri mamlakatda jami 300 dan ortiq inson halok bo‘ldi. Bosh vazir iste’fosidan keyin mamlakatni boshqarish Bangladesh armiyasiga o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda

23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi

23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi

21:19 / 02.11.2024