Jahon | 14:51 / 09.08.2024
2539
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi Xon-Yunusga quruqlikdagi hujumini qayta boshladi

Quruqlikdagi operatsiyani boshlash qarori AQSh, Misr va Qatarning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash chaqirig‘idan keyin qabul qilindi.

Foto: AP

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus shahrida yangi quruqlikdagi operatsiya boshlanganini e’lon qildi.

Isroil askarlari mintaqadagi 30 ta nishonga havo hujumi uyushtirdi, dedi armiya rasmiylari.

E’tiborlisi, quruqlikdan hujum qilish haqidagi qaror AQSh, Misr va Qatarning 15 avgust kuni Qohira yoki Dohada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash chaqirig‘idan keyin qabul qilingan.

Isroil harbiylari minglab majburan ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Xon-Yunus sharqidagi hududlar aholisini evakuatsiya qilishni buyurdi.

Minglab ko‘chirilgan ayollar, bolalar va qariyalar vayron bo‘lgan binolar xarobalari orasidan ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishdi va o‘zlari bilan faqat eng zarur narsalarni olib ketishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda falokatli gumanitar vaziyat aks etgan kadrlar keng tarqaldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid