Neftgaz-kimyo sohasida Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod deb atalgan Uzbekistan GTL işga tuşganiga 2,5 yil böldi, ammo içki bozorni arzon dizel va aviakerosin bilan ta’minlaşda sezilarli ijobiy özgarişlar közga taşlanmayapti. Xususan, ötgan davrda dizel importi kamayiş örniga, 7 barobardan köproqqa oşdi. Iqtisodçi Otabek Bakirov Kun.uz bilan suhbatda GTL loyihasi haqidagi fikrlari bilan bölişdi.

Qaşqadaryoda Uzbekistan GTL zavodi dizel yonilğisini işlab çiqara boşlaganidan beri çet eldan dizel importi kamayiş örniga, aksinça 7 barobarga oşdi.

Kun.uz Bojxona qömitasi oçiqlagan ma’lumotlarni örganib, yoqilği-energetika va neft mahsulotlari importi katta sur’atda oşib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Ma’lum bölişiça, 2024 yilning yanvar–iyul oylarida 206,9 ming tonna dizel import qilingan. Bu – 2022 yilning şu davri bilan taqqoslaganda 7,3 barobarga köp.

E’tiborlisi, dizel importining bunday keskin tarzda oşib ketişi Qaşqadaryoda qurilgan GTL zavodi dizel işlab çiqara boşlaganidan keyingi davrga töğri keladi. Zavodda bu turdagi yonilğini işlab çiqariş 2022 yil 29 iyunda boşlangan edi.

Neftgaz-kimyo sohasida Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod deb ta’riflangan Uzbekistan GTL loyihasi uçun davlat “Özbekneftgaz” kompaniyasi orqali salkam 3,5 mlrd dollar sarflagan. Bu pullar taşqi qarzlar hisoblanadi. Zavod tabiiy gazni qayta işlaş orqali aviakerosin, sintetik dizel, nafta va propan işlab çiqarib, yiliga 500 mln dollarlik import örnini bosişi kerak edi. Amalda esa dizel importining bunday oşişi qator savollarni yuzaga keltirmoqda.

Iqtisodçi Otabek Bakirov Kun.uz'ga bergan intervyusida loyiha tarixi, u qay maqsadlarda işga tuşirilgani va amalda natija qanday bölgani haqidagi mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

“Faqat pudratçilar yutdi”

— GTL zavodi Özbekistonda dizel va aviakerosin işlab çiqariş va iste’moli bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun qurilgan, ğoyasi şunaqa bölgan. Demak, mantiği böyiça, bu zavod qurilganidan keyin, Özbekistonda aviakerosin va dizel bilan boğliq muammo bölmasligi kerak edi.