“Özbekneftgaz” bugundan boşlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotişni töxtatdi.
Kompaniya matbuot xizmati xabariga köra, bu – 2025 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmoni ijrosi bilan boğliq. Şunga köra, 2 sentabrdan boşlab, Ai-80 benzini birjaga çiqarilmaydi.
“Öz navbatida, AI-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga çiqariş hajmlari oşirildi. Şu vaqtga qadar 1000 tonna AI-92 benzini savdolarga qöyilgan bölsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani taşkil etmoqda. Içki bozor talabidan kelib çiqib, bu hajmlarni oşiriş imkoniyati mavjud”, – deyiladi “Özbekneftgaz” bayonotida.
Qayd etilişiça, avgust oyida tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan AI-80 rusumidagi avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentabr oyida ham öz egalariga yetkazib beriladi.
Avvalroq Kun.uz sönggi bir neça hafta içida AYoQŞlarda AI-80 va AI-92 benzini narxlari oşgani haqida xabar bergandi.
AI-80 narxi, undan voz keçiş va prisadkali AI-92 — Raqobat qömitasi izohlari

















