Özbek issiqxonaçilari nafaqat an’anaviy taşqi bozorlarni, hatto içki bozorni ham Turkmanistonga boy bermoqda. Bozorlarimizda Xitoy pomidorlari paydo böla boşlagani ham – sohaning jar yoqasiga qarab ketayotganidan darak. Kun.uz muxbiri Şokir Şaripov Meva-sabzavotçilar assotsiatsiyasi raisi Abdurahim Abduvaliyev bilan Buxoro, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida bölib, milliardlab mablağ sarflangan, hozir esa barbod ahvolda yotgan issiqxonalarga guvoh böldi.

Tasavvur qiling, iqlim özgardi, jazirama issiqlar köpayib, yomğirlar kamayib ketdi. Suv kamligidan yaşil yerlar çölga aylana boşladi va yegulik yetiştiriş qiyinlaşib ketdi.

Mana şunday paytda bizlarga issiqxonalar yordamga keladi. Zamonaviy issiqxonalar suv va boşqa aşyolarni kam sarflab, köp mahsulot yetiştiradigan, taşqarida qumböron bölib yotsa ham içkarida muhiti özgarmaydigan bir mega-binolardir. Istaymizmi, yöqmi biz şunday istiqbolga qarab ketyapmiz va yaqin kelajakda qaysi mamlakatda zör issiqxonalar köp bölsa, boşqalardan ustun böladi, boşqalar ularga qaram böladi. Qaram bölmaslik uçun esa issiqxonaçilikni rivojlantiriş kerak – ularni rivojlantiriş uçun tadbirkorlarga imkon beriş kerak – davlat yomon menejer, buni qilolmaydi.

Xatarlarga töla bunaqa istibolga tayyorgarlik köryapmizmi? Körsatuvimizni körib, bu haqda bilib olasiz – ma’lumotlangan odam – qurollangan odam.   

Issiqxonaçilik sohasi holatini örganiş uçun avval Buxoroga bordik – juda köplab issiqxonalar mujassam bölgan hududga. Bu issiqxonalardan biri, ahvolini körib turibsiz.

Öylaman, izlab-izlab şunaqa abgor issiqxonani topib olişibdi deb. Yöq, köplab issiqxonalar mana şu ahvolda va nega bu holga kelib qolgani biliş uçun Özbekiston issiqxonaçilar uyuşmasini savolga tutdik.

- Abdurahim, biz tavakkaliga mana şu issiqxonani tanladik. Endi sizga savol, qay sababdan mana şu holga keldi bu issiqxona?

- Körib turganlaringiz, Janubiy Koreyaning zamonaviy ikki gektarlik, 20 ming kvadrat metrlik issiqxonasi. Nima sababdan bunaqa holatga kelib qoldi? Sabablardan biri – kreditlar. 2018 yilda tadbirkor 5 milliard söm kredit olgan bölsa, bugungi kunga kelib, ana şu 5 milliard söm 8,5 milliard sömga aylangan.