AOKAda Içki işlar vazirligi rahbariyati iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, uşbu davr mobaynida 1 tonna 882 kilogramm giyohvandlik vositalari hamda 894 255 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari noqonuniy muomaladan olib qöyilgan. 15 yanvar-15 fevral kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan “Xavfsiz va soğlom poytaxt” profilaktik oyligi doirasida 50 mingdan ziyod tadbir taşkil etilib, ularga 2 milliondan ortiq fuqaro jalb qilingan. Aholi orasida 838 ming donadan ortiq tarğibot materiallari – buklet va flayerlar tarqatilgan.
Profilaktik tadbirlar doirasida 165 998 nafar öquvçi va talabalar bilan yakka tartibda tuşuntiriş işlari olib borilib, giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari haqida ma’lumot berilgan.
Mazkur oylik davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq 801 ta holat aniqlangan. Ulardan 567 tasi böyiça jinoyat işlari qözğatilgan, 158 holatda esa ma’muriy çoralar körilgan. Noqonuniy muomaladan 21,8 kilogramm giyohvandlik vositalari hamda jami 28,8 ming dona va 26 kilogramm miqdorida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari musodara qilingan.
Şuningdek, giyohvandlik vositalarining reklamasiga oid 1 323 ta “narkograffiti” aniqlanib, ularning barçasi öçirildi. Ularni çizgan 6 nafar şaxs javobgarlikka tortilgan.
Içki işlar organlariga olib kelingan şaxslardan 266 nafari majburiy, 235 nafari esa ixtiyoriy tarzda davolanişga yuborilgan. Bundan taşqari, internet tarmoği orqali narkotik vositalar savdosi bilan şuğullanuvçi şaxslarni aniqlaş va ularning faoliyatiga çek qöyiş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari kuçaytirilgan. Natijada 75 ta “zakladkaçi” bilan boğliq holatlarda jami 99 kilogramm 627 gramm giyohvandlik vositalari musodara qilingan.












