Toşkent şahridagi bankdan 90 ming AQŞ dollarini noqonuniy ravişda olib çiqib ketgan jinoiy guruh Içki işlar xodimlari tomonidan qölga olindi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, joriy yilning 18 iyun kuni Yaşnobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasiga Tenge Bank çakana xizmatlar körsatiş bölimi boşliği ariza bilan murojaat qilgan.
U öz arizasida noma’lum şaxslar tomonidan 90 000 AQŞ dollari miqdorida pul mablağlari talon-toroj qilinganligini ma’lum qilgan. Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida şu kunning özida bir neça şaxslar bank kassasiga mijoz sifatida taşrif buyurib, bank kartasida mavjud 90 000 AQŞ dollarini naqdlaştiriş maqsadida postterminalga yolğon axborot kiritiş yöli bilan uşbu miqdordagi pulni olib ketganligi aniqlangan.
Tezkor-texnik tadbirlar natijasida uşbu xatti-harakatlarni sodir etgan jinoiy guruhning barça a’zolari qölga olingan.
«Men bir yil oldin har xil Telegram guruhlariga kirib qolib, xitoylik odamlar bilan gaplaşganman va ulardan jinoiy işga tortiladigan har xil maxinatsiya va moşenniklik bilan şuğullanadigan guruhlarda programmalarni körib, ularni test qilib, har xil magazinlarga kirib, ularni tekşirib körib, planga ötdim. Bank xodimini topdim. Bank xodimi bilan kelişgan holda, bizlar bankka kirib, 90 000 AQŞ dollarini programma orqali yeçib oldik. Men qilgan işimdan juda ham puşaymonman, sizlar ham unaqa joylarga kirmanglar, yengil pul heç qaçon heç qayerda bölmaydi», - deydi qölga olingan şaxslardan biri.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida 12 dona telefon apparati, postterminal, 9 dona bank kartasi, 1 670 000 söm va 36 495 AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida olingan. Jami 9 nafar şaxs Jinoiy-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.












