Eski qora non, köçadagi tun, vannadagi köz yoşlar. Endrikning oğir bolalik haqidagi hikoyasi
|20:21 / 22.08.20249 42818 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
Barça «Real»ning eski va yangi yetakçilari Vinisius va Mbappega maftun bölgan bir davrda Peres kelajak uçun yana bir yulduzni sahna ortida tayyorlayotgani sir emas – Endrik. Hozirça Madrid unga u qadar muhtoj bölmasa-da, Braziliyada allaqaçon uni Pele bilan qiyoslaşni boşlab yuborişgan. Endrik milliy jamoada qator körsatkiçlar böyiça futbol qirolining rekordlarini zabt etgani ham bejiz emas.
Quyida yoş futbolçi öz ukasiga maktub yozadi va bugungi kunga yetib kelişdagi qiyinçiliklar haqida hikoya qilib, ögitlar beradi. Yoş bölsa-da, hayotga bölgan jiddiy qaraş va qat’iyati biz uçun Endrikning yangi qirralarini oçadi va kelajakda hammasi yaxşi bölişiga işonç taqdim etadi.
«Azizim, Noa.
Seni yaxşi köraman. Hammasidan ham eng muhimi mana şu. Ilk kunlardan beri oramizda öziga xos rişta borligini his qilganman. Avval heç buni senga aytmaganman, bilasanmi, dunyoga kelişingdan oldin ham mening golimni kutgan eding. Bu rost.
Öşa kuni ön uç yoşda edim va juda muhim öyinda maydonga tuşişim kerak edi. Ota-onamiz esa, daqiqalar sanab sening dunyoga kelişingni kutib ötirişgan on. Şunda öyinni stadionda kuzatib ötirgan dösti otamga telefon qiladi:
«Duglas! Duglas! Hozirgina Endrik gol urdi!»
Xuddi şu paytda içkarida çaqaloq yiğisi eşitiladi. Tuşunyapsanmi, mening golimni nişonlading! Keçroq tuğruqxonaga borganimda senga sovğa olib bordim. Albatta, biror öyinçoq sotib olişga pulim yöq, men özim bilan turnirning «Oltin töp»ini kötarib olgandim. Köryapsanmi, biz boylikda, haşamatda emas, futbolda tuğilganmiz.
Bu xatimni qaçon öqişingni bilmayman, lekin ayni paytda sen tört yoşdasan va hayotimiz juda tez özgarmoqda. Yaqinda Ispaniyada «Real»da öynay boşlayman. Ha, öşa, sen doim tomoşa qilib yotganingda, PlayStation’da men tanlaydigan jamoada. Tabiiyki, oilamiz tarixini butun dunyo bilişini xohlayman. Bu ajoyib hikoya!
Senga ham sir emaski, oilamizda hammasi töp bilan boşlanib, töp bilan tugaydi. Onamning aytişiça, bolaligimda umuman öyinçoq öynamagan ekanman. Har qanaqasi qölimga tuşişi bilan beş sekund uyoq-buyoğini qarab, qutisiga qaytib solib qöyardim. Faqat töp! Aniqroği, maşina böladimi, paypoqmi, basketbol töpimi, dumaloqmi, törtburçakmi, farqi yöq, nimani bölsa, tepaverardim. Dadam özi öynagan futbol jamoasidan töp olib kelganida, maftun bölib qolganim, erta-yu keç qölimdan tuşirmay, uni quçoqlab uxlaganimni ham aytib berişadi.
Onamdan sörab kör, bolaligimda kim meni ismimni sörasa, şunday javob berar ekanman:
Mavzuga oid
«Endrik Filipe Moreyra de Souza, HUJUMÇI»
Hamma ustimdan kulardi, lekin bilasanmi bolakay, men jiddiy edim. Öşandayoq özimga işonardim va köpinça, onam öşa kunlarni eslab yiğlab ham oladi.
U paytda biz hozirgidek şinam kvartirada yaşamasdik. Sen yaxşi köradigan yogurt töla muzlatgiçimiz ham bölmagan. Vila-Guayragi kiçik joyda yaşar, hayotimiz tamomila boşqaça edi. Balki ulğayganingga kimdir aytib ham berar, turmuşimiz faqat oğriq va qiyinçiliklardan iborat edi. Qiziği, şunda ham men ajoyib va unutilmas bolaligim bölgan deb hisoblayman. Barçasi Xudo va ota-onam tufayli. Va albatta, futbol sababli.
Sen bilan tengqur paytimda köçamiz baland tepalikda joylaşgan va öşa yerda futbol öynardik. U yerda öynaşning qiyinligi, keyinçalik bizga foydali bölgan tomoni şunda ediki, mabodo gol ura olmasak, töp pastlikka qarab yumalab ketar va xato qilgan öyinçi töpni olib çiqqani pastga qarab yugurişiga töğri kelardi. Şunaqa, xato qildingmi, vaziyatdan foydalana olmadingmi, qani marhamat, pastga qarab yugur! Bu bizni yaxşiroq öynaşga majbur qilardi. Qoidalar qattiq.
Bolaligimni eslar ekanman, soğinaman, hatto eng oğriqli xotiralar ham qandaydir jihatdan şirin. Ulğayganingda «divandagi suhbat» hikoyasini eşitasan. Braziliyada bu haqida köp gapirişadi, ammo sal adaşişadi. Ular bizning kambağal bölganimizni, yeyişga nonimiz bölmaganini aytişadi, ammo bu notöğri. Çunki ular onamni tanişmaydi – «men bolalarimizni oç qoldiradigan ona emasman».
Haqiqat şundaki, öşa kuni dadamning yiğlaganini kördim. Ön yoşli bolakay, öylaymanki, ilk marta ahvolimiz çindan ham yomonligini anglagan bölsam kerak. Stolimizda doim biz uçun nima kerak bölsa, topilardi, ammo biz xohlagan hamma narsa emas. Farqini tuşunyapsanmi?
– Xavotir olma, dada, men futbolçi bölib yetişaman va bu qiyinçilikdan qutqaraman, – degan ekanman öşa kuni dadamga.
Şu kungaça, men şunçaki bola edim, futbol bir öyin edi. Şu kundan e’tiboran futbol yaxşiroq hayot uçun yagona yölga aylangan edi.
Bir neça hafta ötib men San-Pauluga borib, «Palmeyras» akademiyasiga kirdim. Ilk asosiy maqsad – oilamizdagi holatni yaxşilaş. Maqsadlar – hayotimdagi muhim qismlari. Bu Xudo bilan muloqot qiliş usulim.
Onam uydagi hayotini taşlab, San-Pauluga, mening oldimga köçib ötdi. Klubda faqat menga joy berişgandi, ammo u qat’iy turib oldi – usiz heç qayerga bormayman. Onam men va yana bir neça jamoadoşlarim bilan bir tom ostida yaşay boşladi. Biz maşğulotga yoki darsga ketganimizda, onam bir özi qolar, suhbatlaşgani şerik bölmasdi. Na televizor, na internet bor, şuning uçun u Injilini kötarib parkka borar va Xudo bilan yolğiz suhbatlaşardi.
Onamning birgina stuli bor, sumkasini unga osib qöyar, biz uxlaganimizda esa, polga matras tuşab yotardi. Bilaman, sen onamning polda yotganini tasavvur qila olmaysan, lekin bu haqiqat, rostan ham şunday bölgandi.
Otam işlab bizga pul yuborib turar, lekin ba’zida yetmay qolardi. Yoki ba’zan jönatilgan pullar bir neça kun keçikkan paytlar böladi. Yaxşi kunlarda, pul yetarli ekanida onam örtoqlarimga ham qöşib sosiska pişirib berardi. Ammo aksariyat kunlari mablağimiz faqat mening qornim uçun yetarli bölar, bolalar ovqatning hidini olib, nima pişirayotganini söraşsa, onam yolğon gapirişga majbur paytlari bölgan. Bundan onam qattiq hijolat bölib, keyinçalik, ovqat pişirmay qöydi.
Ba’zan uyqu oldidan oç qolgan paytlarimni eslayman.
– Endrik, uxlaşga harakat qil, hammasi ötib ketadi, – deydi onam.
Men-ku aniq eslayman, lekin keyinçalik eslasam, onam öşa paytlari qançalik oç bölgan ekan? Oçlik ajoyib, oddiy qora nonni ham juda şirin qilib qöyadi, deb kulardi u. Lekin menimça, oçlik yomon, umid qilamanki, sen heç qaçon buni his qilmaysan. Sen onamni yana bir marta qattiq quçib qöy, agar uning fidoyiligi bölmaganda, biz bugungi kunlarga ham yetişa olmasdik.
Bilasanmi, yaqin kunlargaça men ham köp narsani bilmasdim. Aslida onam köp narsani mendan yaşirgan, orzumdan çalğişimni istamagan ekan. Heç qaçon uning yiğlaganini körmaganman. Menga sezdirmas, vannaga kirib yiğlab, juda köp marta dadamga telefon qilib, ortiq çiday olmasligini ham aytgan. Şu payt men döstlarim bilan maşğulotdan qaytamiz, quvnoq ohangda bölgan voqealarni aytib beramiz, onam mening közlarimdagi çaqnaşni köradi va hammasi öşa holatda qoladi. Men uçun. Biz uçun.
Onamiz mana şunaqa, doim biz uçun eng keraklisini amalga oşira oladi. Ba’zida qattiqqöl, baqirib, biz unça xohlamagan ögitlarni aytadi, ba’zida bizni öz bağriga olişi va dunyodagi eng şirin omletni pişirib berişi mumkin. U nima qilişidan qat’i nazar unutma, avvalo, biz uçun yaxşilikni xohlaydi.
Otam ham köp qurbonliklar bergan. Bir neça oy ötib, u ham San-Pauluga keldi, klubga borib, unga har qanday iş berişlarini iltimos qildi. «Palmeyras»da birgina böş örin bor ekan. Stadion tozalovçi. Otam klubda uç yil işladi, stadiondagi çiqindilarni töplaşdan boşlab, keyinçalik, kiyim almaştiriş xonasini tozalaş bilan şuğullandi. U asosiy jamoa futbolçilariga doim bir kun kelib öğli ular bilan öynaşini aytar ekan.
Bir kuni Jyeylson ismli darvozabon otamning kundan kunga ozib ketayotganini sezadi. Kafeda farroşlar futbolçilar bilan birga ovqatlanadi, Jyeylson qarasa, otam faqat suyuq ovqatni yeyapti.
– Ey, Duglas, telefoningni ber, xotiningda gapim bor, – deydi u otamni quçoqlab.
– Xotinim? U senga nega kerak?
– Men şunçaki undan söramoqçiman, hammasi tinçmi? Nega heç ovqat yemayapsan?
Otam sababini aytişga uyaladi va Jyeylson hammasini onamdan bilib oladi. Bir paytlar otam qölini qattiq kuydirib olgan va kuçli dorilar olişga majbur bölgan. Bu esa, uning tişlariga zarar yetkazadi va «Palmeyras»da iş boşlagan paytlarda, hamma tişi tökilib tuşgandi. Şuning uçun u faqat suyuq ovqat iça olardi, xolos. Klubdagi futbolçilar bundan xabar topgaç, pul yiğib, otamga tiş qöyib berişgan. Ilgari dadam orzusi olma tişlaş ekanini köp bor takrorlardi, mana, hozir u istagan narsani yeyişi mumkin.
Darvoqe, bu otam haqida hammasi emas. Aytişni unutayozibman...
Onam – bizning tirgagimiz bölsa, otam – döst. Doim şunaqa bölgan. Ammo sen eşitmagan boşqa voqealar ham köp. Agar mening bolaligim qiyin ötgan, deb öylasang, adaşasan. Otam bilan taqqoslaganda, meniki jannat, işonaver. Uning bolalik paytlarida buvam oilasi bilan birga emasdi, otam ham faqat futbol orqali kambağallikdan qutulişni öylagan. Ön beş yoşida uyidan çiqib ketib, San-Pauluga piyoda ketgan, tuşunyapsanmi? Deyarli yarim yölni piyoda bosib ötgan. Buni hatto onamga ham aytib bermagan ekan. Orqasiga bir juft butsi va ikki litrli suv idiş olib olib, har bir şaharda töxtab, mahalliy klubda nazorat öyinlarda özini körsatişni rejalaştirgan. San Pauluga kelib ham, har bir klubning eşigini taqillatib, nazorat öyinlari qaçonligini sörab çiqqandi.
«San-Paulu» klubidagi kimdir otamdagi qat’iyatni körib, kafedan ozgina yemak olib beradi. Sovuq tunlarning birida qanaqadir xayriya taşkilotida işlaydigan ayol otamning parkdagi daraxt tagida uxlab yotganini körib, yotoqxonaga olib ketadi. U yer şu darajada issiq ediki, otam şu uxlagança, uç kun turmaydi. Ertasiga bölişi kerak bölgan «Nasional» klubi nazorat öyinlarini ötkazib yuboradi. Tasavvur qilyapsanmi? Tasavvur qilyapsanmi, öz orzusi yölida bir hafta piyoda yurib, qiynalib, yana öşa eng muhim nazorat öyiniga uxlab qoliş.
Otam buni hikoya qilib berganida kulişni ham, yiğlaşni ham bilmay qolgandim. Yana bir kuni, u qayerda yotişni bilmasdan, «Palmeyras»dagi kassaxona tomining tagida ham uxlagan ekan. Ha, u öz orzusiga yetişa olmadi, lekin borini bergan edi. Ana endi, biz öz tirgaklarimiz, kimnidir qurbonliklari bölmasa, qayergaça borişimiz mumkinligini öylab körgin.
Braziliyaga qaytgaç, u köça futbolida non topa boşladi. Bu qanaqa, heç qanday maoş yöq, şunçaki, ğalaba uçun qandaydir yutuqlar qölga kiritiladi. Topilgan pul elektr uçun tölovlar yo bir paket guruçga yetadi. Bolaligimda men ham öşa öyinlarga borar, maydon çetida töp tepib turardim. Tanaffus paytida musiqa çalar, qandaydir stavkalar qilinib, men ham çiqib ba’zi hunarlarimni körsatardim.
– Endrik, jin ursin, koka-kolani qayerdan olding? Öğirlamadingmi? – deb söraydi otam öyindan söng.
– Yöq, yöq. Men ustunga töpni tekkizdim va Dudu 10 real yutib oldi. Agar yana şunday tepa olsam, köproq yutar ekan va menga şaşlik olib berişga va’da berdi.
Xullas, aytdim-ku, sen futbolda tuğilgansan. Bu öyin nafaqat mening, balki otamning, buvamning, butun oilamizning orzusi bölgan. Nima deb öylaysan, otam öşa kuni «Palmeyras» kassasi tomi ostida yotib, öğli qaçondir öşa yerda öynaşini orzu qilganmikin?
Ön beş yoşimda «Palmeyras»ning professional a’zosiga aylandim. Endi onamga uy sotib olişim, Çapparaldagi xavfli xududlarda yaşaydigan ikki buvimni ham yonimizga olib keliş imkoniga ega edim. Men öşa kuni divanda ötirib aytgan maqsadimga yetdim – oilam yaxşiroq yaşaşi uçun şaroit.
Sen tuğilganingda, biz allaqaçon boşqaça yaşay boşlagandik, öylaymanki, keyingi yillarda hayotimiz yanada özgaradi. «Real» Madrid!
7-8 yoşlarimda telefonim yöq edi, onamning kompyuterini olib, «Real»ning eng yaxşi lavhalarini tomoşa qilardim. Hali ismlarni eslab qolişga yoşlik qilasan, lekin aytaveray, 2013-14 yillardagi «Real»ga oşiq bölganman, Kriştianu, Modriç va Benzemalar davri. Keyinçalik Galaktikos tarixiga qiziqdim, çuqurroq kirib, Puşkaş va Di Stefanolargaça yetib bordim. Işonaver, endi Madriddamiz, bu ismlar yanada köproq quloğimizga çalinadi.
YouTube’da hammasini biliş mumkin. Bu xuddi universitetga öxşaydi. Eng köp Kriştianuga qiziqqanman. Faqat gollari yoki fintlari emas, u qançalik mehnatkaş ekani, boşqalar doim uning mentalitetini alohida e’tirof etişlarini. U orqali mehnat iste’doddan ham ustun ekanini anglab yetganman.
Qaçondir u bilan uçraşişni orzu qilaman. Uşbu xatni yozayotganimda, hali bunga ulgurganim yöq. Uning öğli instagramda meni follov qilgan, demak, bu kunlar ham yaqin. Umid qilamanki, «Real»dagi faoliyatim yaxşi ketadi va bir kun Kriştianuning özi ham meni follov qiladi. U bilan uçraşiş mening yana bir maqsadim.
Keyingisi... Bilasanmi, qiziq, «Real»ga ilk bor taşrif buyurganimda ajoyib holatlar bölgandi. Florentino Peres bilan uçraşdik va u otamga qarab, «Real» Endrikka öz öğlidek qaraydigan yagona klub böladi», dedi.
Öşa onda otamning yuzini körsangiz edi. U yerda Bellinghem bilan uçraşdim. PlayStation’da doim menga gol urib beradigan Bellinhem bilan.
– Jud, keyingi golimni sening uslubingda nişonlayman, – dedim unga.
Keyin, gol urib, buni amalga oşirganimda, videosini instagramda Judga jönatdim, u ham öz sahifasiga joyladi.
Men hatto, Ronaldo, «O Fenomeno»dan ham bir qator maslahatlar oldim. Hammasi tuşga öxşaydi. Hammasidan ham, kiyim almaştiriş xonasiga kirganimda Modriç meni gapga solganini eslayman. Uning öninçi raqamli futbolkasi osiğliq turgandi, Luka unga işora qilib, balkim, kelasi yili yonida mening «9» raqamli futbolkam turişi mumkinligini aytdi. Tavba, Modriçdek inson mening bu raqamga loyiq ekanimni aytyaptimi? Balki bir kun buni ham uddalarman...
Aslida maqsadlarim köp, ba’zilariga erişib bölganim uçun aytib ötirmayman. Asosiysi, özing orzu qilgandek hayotga ega böliş. Uç avlod, balkim köproqdir, oilamiz futbol ketidan quvdi, şu orqali öz hayotini özgartirişga urindi. Nihoyat biz bunga yetib keldik, senda bunday majburiyat yöq. Biz endi Ispaniyadamiz, sen istasang şifokor, istasang huquqşunos bölişing, Nadal va Alkaras yurtidamiz, tennisçi bölişni orzu qilişing mumkin. Xuddi men kabi, sen ham töpni yaxşi körasan, balkim futbolçi ham bölarsan? Ammo senda bunday majburiyat yöq. Endi heç qanday bosim yöq, stress yöq, buning uçun avvalo, Xudoga, otam va onamga, futbolga rahmat.
Şunçaki, hayotdan istaganingdek zavq ol, uka. Bu senga mening sovğam. Xuddi öşa tuğruqxonadagidek. Mana şu yerda xatim tugab, kelajak boşlanadi. Hozir hamma mendan «Real» haqida, milliy jamoa töğrisida söraşadi, faoliyatimga qiziqişadi. Töğrisi, bilmayman.
Hayotda ertangi kunni biliş qiyin. Umuman, ertangi kunimiz bormi, bu ham noma’lum. Qölimizdan kelgani, bugunimiz uçun Xudoga rahmat aytiş. Öylaymanki, hammasini tuşunding, bugungi hayotimiz birdaniga bölib qolmaganini bilasan. Uning ortida oğir mehnat, juda köp köz yoşlar borligini bilasan. Onam hammasi birgina xato bilan hammasi buzilişi mumkinligini aytadi va u haq. Qaçonki, qayerdan kelganimizni unutgan on, yöldan adaşişimiz turgan gap.
Aynan şuning uçun senga oilamiz tarixini sovğa qilyapman.
Onamizning eski qora nonlarni yeyişi. Otamizning kassa tomi ostida tunni ötkazişi. Onamning vannadagi köz yoşlari. Otamning divanda ötirib yiğlagani. Doim yodingda bölsin.