Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan hududlarda korrupsion holatlarga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahar hokimligining yuridik boşqarmasi yuriskonsulti çet el fuqarosiga tegişli bölgan köçmas mulk davlat ehtiyojlari uçun buzilganligi sababli kompensatsiya sifatida sud qarori bilan davlat tomonidan ajratilişi belgilab qöyilgan 8,8 mlrd sömni tezlaştirib olib beriş evaziga 1979 yilda tuğilgan tanişi orqali mazkur pul mablağining 10 foizini, ya’ni 70 ming AQŞ dollari talab qilgan. Aks holda, sud qarori yuzasidan Toşkent şahar hokimligi nomidan kassatsiya şikoyati berib, köçmas mulkni qayta baholaş yöli bilan belgilangan kompensatsiya miqdorini kamaytirişi mumkinligini aytgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda vositaçi xorijiy fuqarodan 70 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Sörov suhbati davomida, u bir muddat avval yuriskonsultga öz hisobidan 50 ming dollar berib qöyganligini aytib, yana 15 ming dollarni yuriskonsultga olib borib berişini, qolgan 5 ming dollarni esa özining vositaçilik xizmati uçun olib qolişni rejalaştirganligini ma’lum qilgan. Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, yuriskonsult 15 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan.
Şuningdek, yuriskonsult muqaddam özining vositaçisidan olgan 50 ming dollardan 10 ming dollarini kompensatsiya mablağining ötkaziliş jarayonini tezlaştirib berişi uçun Toşkent şahar Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasining boş mutaxassisiga berganligi ma’lum bölgan.
Yuriskonsult körsatmasi asosida boş mutaxasiss protsessual tartibda uşlangan hamda yuriskonsult 40 ming dollarni, boş mutaxassis esa 10 ming dollarni ixtiyoriy ravişda taqdim qilgan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining Termiz şahar bölimi gaz ta’minoti obektlarini texnik tiklaş va işlatiş xizmati boşliği Koson tumanida yaşovçi fuqaro yuk avtomaşinasini boşqarib ketayotib, avtotransport vositasining tom qismi bilan tabiiy gaz quvuriga şikast yetkazgani holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yöq qiliş hamda 11 mln söm miqdorida jarimaga tortmaslik evaziga undan 400 dollar va 500 ming söm talab qilgan. U 3 mln 900 ming söm va 100 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Tergovga qadar tekşiruv davomida, u avvalroq 500 ming söm olganligi ham ma’lum bölgan.
Yana bir holatda Kadastr agentligining Jizzax viloyati Zomin tumani bölimi yetakçi inspektori 1997 yilda tuğilgan fuqaro özboşimçalik bilan egallab olgan yer uçastkasida quriliş işlarini amalga oşirganligi holati yuzasidan qöllangan 75 mln söm miqdoridagi jarimani tanişlari orqali kamaytirib, noqonuniy qurilgan turar joy binosining hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 400 dollar olgan vaqtida uşlangan.

















