Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
Prezident tomonidan «O‘zbekiston prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmon imzolandi.
Hujjat bilan O‘zbekiston prezidentining yoshlar bilan 2025 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Kreativ industriya parki va uning hududlardagi filiallari, ushbu filiallarda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablar tashkil etiladi. Park faoliyatini boshqarish Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi muassisligida tashkil etiladigan Kreativ industriya parklari direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:
- ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;
- rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.
Kreativ industriya sub’yektlarini kreativ park rezidentligiga qabul qilish hamda tegishli rezidentlarga imtiyozlarni qo‘llash shartlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:38 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga imtiyoz va kafolatlar beriladi
10:31 / 30.03.2026