
Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti rekonstruksiyasining birinçi bosqiçi yakunlanib, 31 avgust kuni yangi uçib ketiş zali oçilişi bölib ötdi. Tadbir doirasida “Uzbekistan Airports” AJ va Transport vazirligi rahbariyati iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Uzbekistan Airports boşqaruv raisi Javlonbek Umarxöjayevning sözlariga köra, istiqbolda Toşkent uçun yangi aeroport quriş rejasi bor, lekin unga uzoq vaqt ketadi. Şu sababli köpayib borayotgan yölovçilar uçun mavjud terminalni kengaytiriş afzal körilgan.
“Yangi aeroportning qurilişi 1 yoki 2 yillik loyiha emas. Istanbul aeroportini misol qilib keltiraman: adaşmasam, uni qurişga 7 yil sarflangan. Yangi aeroportning qurilişi hozirgi şaroitga ta’sir qilişi kerak emas, ya’ni yangisi qurilgunça mavjud aeroportga ozmi-köpmi yölovçilarga şaroit yaratib berişga majburmiz.
Yangi aeroport quriş uçun öziga yaraşa bir qança bosqiçlari bor. Uning texnik-iqtisodiy asoslarini yaratiş, mablağlarni, investorlarni jalb qiliş jarayonlari bor. Şu munosabat bilan bu işlar ham örnatilgan tartibda davom etyapti. Hozirgi kunda biz baribir Toşkent xalqaro aeroportini kengaytirişimiz kerak. Çunki yölovçilar oqimi yillik örtaça 20-25 foiz oşmoqda. Ötgan yil bilan soliştiradigan bölsak, bu yil 1,5 mln nafarga köpaygan. Keyingi yilgi prognozlarimiz ham şunday.
Ayni vaqt aeroportimizning siğimi 7 mln nafarga möljallangan, lekin yil yakunigaça 8 mln nafardan ortiq yölovçiga xizmat körsatişni reja qilganmiz. Bu degani biz sal orqada qolyapmiz, şuning uçun aeroportning rekonstruksiya va modernizatsiya işlarini jadallaştiryapmiz. Albatta, bu taşabbus Uzbekistan Airports tomonidan ilgari surilgan, hukumat va davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan. Şundan keyin biz işlarni amalga oşirişni boşladik”, – deydi u.

Kompaniya rahbari loyihaning moliyaviy jihatlariga ham töxtaldi.







