Toshkent xalqaro aeroportida bojxona nazorati vaqtida Mumbay reysi yo‘lovchisining yuki ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida shirinliklar qadoqlari ichiga yashirilgan holda jami 322 dona dori vositasi aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sifati kafolatlanmagan 5 turdagi preparat noqonuniy aylanmadan olindi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy olib kirishga urinilgan dori vositalarining umumiy qiymati 45 mln so‘mni tashkil etadi. Holat yuzasidan belgilangan tartibda protsessual harakatlar boshlandi, mahsulotlarning haqiqiy tarkibi va kelib chiqishini aniqlash maqsadida ekspertizalar tayinlanadi.















