Har qanday mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston uchun ham tabiiy gaz resurslari strategik ahamiyatga ega. Bu mamlakat iqtisodiyoti, energetik xavfsizligi va tashqi savdo balansiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, elektr energiyasi generatsiyaning 70-75 foizi gaz hisobiga amalga oshiriladi. Tabiiy gaz qazib olishning yildan yilga qisqarib borayotgani esa mamlakatning energetik mustaqilligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

13 yilda 30 foizlik qisqarish

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish muttasil ravishda qisqarib bormoqda. Xususan, 2010–2023 yillar oralig‘ida bu qisqarish qariyb 30 foizni yoki 19,2 mlrd kub metrni tashkil qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-2023 yillar oralig‘ida tabiiy gaz qazib olish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

Statistika agentligi ma’lumotlari

Gaz eksport qiluvchi davlatdan sof importyorlikkacha

O‘zbekiston uzoq yillardan beri xorijga gaz eksport qiluvchi davlat bo‘lib kelgan. Lekin 2020 yildan boshlab, gaz eksporti keskin qisqargan.

2017 yilda 1 mlrd 390 mln dollarlik, 2018 yilda 2 mlrd 424 mln dollarlik, 2019 yilda 2 mlrd 257 mln dollarlik, 2020 yilda (pandemiya yili) 478 mln dollarlik, 2021 yilda 717 mln dollarlik , 2022 yilda