«UzGazTrade» va «Turkmengas» kompaniyalari örtasida yiliga 2 mlrd kub metrgaça turkman gazini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça qisqa muddatli şartnoma imzolandi. Bu haqda Özbekiston Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Turkmaniston ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bunday kelişuvga Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va Turkmaniston boş vazirining yoqilği-energetika kompleksi böyiça örinbosari Botir Amanov örtasidagi muzokaralar çoğida erişilgan. Uçraşuv Aşxobodda bölib ötgan.
«Bu boşlanişi. Biz özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning keng istiqbollarini muhokama qildik. Bu uzoq muddatli şartnoma işlab çiqişni ham öz içiga oladi. Gaz Özbekistonning içki ehtiyojlari uçun yönaltiriladi», degan Mirzamahmudov.
Bundan taşqari, uçraşuvda elektr energiyasini uçinçi davlatlarga tranzit qiliş, neft va neft mahsulotlarini yetkazib beriş sohasida ham özaro hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilingan.
Avvalroq, 2023 yil 4 avgust kuni Aşxobodda bölib ötgan uç tomonlama sammit doirasida Turkmaniston delegatsiyasi Özbekiston va Tojikiston bilan gaz sohasida hamkorlikni rivojlantiriş taşabbusini ilgari surgandi. Uşraşuvda turkman tomoni Özbekiston va Tojikistonga gaz sohasida strategik hamkorlik taklif qilgandi.
Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyida Özbekiston va Turkmaniston birinçi marta uçinçi tomonning iştirokisiz, faqat ikki tomonlama muzokaralar orqali qisqa muddatli gaz ta’minoti böyiça kelişuvga erişgandi. Öşanda rasmiy manbalar anonim holatda kuniga 20 mln kub metr (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) gaz importiga kelişilganini aytgandi.

















