Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda «Yagi» supertayfuni yopirilishi oqibatida serqatnov ko‘prik qulab tushdi
Natijada 10 ta avtomobil va ikkita skuter suvga qulagan, harbiy xizmatchilarga uning o‘rnida tezroq panton ko‘prik qurish topshirilgan.
Foto: Getty Images
Vetnam bosh vaziri o‘rinbosari Xo Dik Fok «Yagi» supertayfuni yopirilishi oqibatida mamlakat shimolidagi serqatnov ko‘prik qulab tushganini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida 10 ta avtomobil va ikkita skuter suvga qulagan.
Qayd etilishicha, Fong Chau ko‘prigining qulashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, 13 kishi bedarak yo‘qolgan. Uzunligi 375 metrga teng ko‘prikning bir qismi haliyam turibdi va harbiy xizmatchilarga uning o‘rnida tezroq panton ko‘prik qurish topshirilgan.
«Yagi» joriy yilda Osiyoga yopirilgan eng kuchli tayfun bo‘lib, Vetnam hududiga kirib kelganidan beri 60 kishining umriga zomin bo‘ldi.
Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, tezligi soatiga 203 kilometrga yetgan tayfun oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘lgan, ular orasida 68 yoshli ayol, bir yoshli bola va chaqaloq ham bor. Shuningdek, 240 dan ortiq odam jarohat olgan, 1,5 millionga yaqin kishi elektr energiyasisiz qolmoqda.
Bundan tashqari, qariyb 50 ming kishi Vetnam sohil bo‘yi shaharlaridan evakuatsiya qilingan. 12 ta provinsiyadagi, jumladan, poytaxt Xanoydagi maktablar vaqtincha yopilgan.
«Yagi» supertayfuni Vetnamga yetib kelishidan oldin Xitoy hamda Filippinga yopirilgan va buning oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
21:04 / 13.12.2025
Vetnam O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladi
07:16 / 29.11.2025
Xitoy Vetnam chegarasida Walker S2 odamsimon robotlarini joylashtirmoqda
18:24 / 23.11.2025