Xitoy va Rossiya sentabr oxirigacha qo‘shma mashqlar o‘tkazadi
Yapon va Oxota dengizidagi harbiy-dengiz va aviatsiya mashg‘ulotlari doirasida Rossiya va Xitoy Tinch okeanining boshqa hududlariga qo‘shma dengiz patrullarini jo‘natadi, deya ma’lum qildi Pekin.
Xitoy shu oyda Rossiya bilan North-Joint 2024 qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishini e’lon qildi. Ularning maqsadi ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi «strategik hamkorlikni chuqurlashtirish» va «xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish» qobiliyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ladi, deb xabar berdi Pekindagi Mudofaa vazirligi dushanba, 9 sentabr kuni.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki mamlakat harbiy-dengiz kuchlari va harbiy aviatsiyasi Yapon va Oxota dengizidagi Rossiya qirg‘oqlari oldida manyovrlarda ishtirok etadi. Ular doirasida «Tinch okeanining muhim dengiz hududlariga» qo‘shma dengiz patruli yuboriladi.
Xitoy «Okean-2024» Rossiya mashg‘ulotlarida ishtirok etadi
Bundan tashqari, XXR Rossiyaning «Okean-2024» strategik mashqlarida ishtirok etadi, deyiladi bayonotda. Ularning aniq sanasi ma’lum emas.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi fonida Rossiya va Xitoy iqtisodiy, diplomatik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kuchaytirib, G‘arbga qarshi «chegarasiz» sheriklik va hamjihatlikni e’lon qilmoqda. Xususan, joriy yil iyul oyi o‘rtalarida Xitoyning Chjanszyan port shahri qirg‘oqlari yaqinida ikki davlat suvda va havoda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
NATO, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar Xitoy rahbariyatini Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qiladi. Pekin bunga javoban Shimoliy Atlantika alyansini «qarama-qarshilikni qo‘zg‘atmaslikka» chaqirdi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
Jahon | 18:37
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid
17:36
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
16:47
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik qurilishi yakuniga yetmoqda (foto)
22:16 / 19.01.2025
Xitoyda maxfiy gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi
16:13 / 19.01.2025