O‘zbekiston | 08:30 / 21.09.2024
2430
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida bitim imzolandi

Hujjat mamlakatda saraton kasalligini tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish imkonini beruvchi loyihani amalga oshirishni nazarda tutadi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vena shahrida Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida bitim imzolandi.

Hujjat AEXA bosh direktori Rafael Mariano Grossi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov tomonidan imzolandi.

Bitim yadro tibbiyoti sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichidan dalolat beradi va yadro tibbiyoti sohasidagi tibbiyot xodimlarining, xususan, shu yil avgust oyi oxirida Toshkent shahrida ochilgan yangi Onkologiya markazi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan. 

Shuningdek, mazkur hujjat mamlakatda tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan saraton kasalligini tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish imkonini beruvchi loyihani amalga oshirishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid

E`lonlar