Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryoda "O‘zbekiston-Kuvayt" biznes-forumlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Lulu Group International kompaniyasining Kuvaytdagi vakolatxonasi mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazdilar.

Foto: arabianbusiness.com
Muloqotda O‘zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oshirish yo‘nalishida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Diplomatlar o‘zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida so‘zlab berishdi.
Lulu Group International vakillari O‘zbekistondan meva va sabzavotlarni Kuvaytga eksportini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Kuvayt tomoniga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlari Lulu Hypermarket'ning Kuvaytdagi 16 ta savdo tarmoqlari orqali sotish rejalashtirmoqda.
Tomonlar o‘zbek mahsulotlarini Kuvaytga olib kelish bo‘yicha transport-logistika yo‘llari xususida ham fikr almashdilar.
Mamlakat elchixonasi ko‘magida, yaqin kunlarda O‘zbekistondan Kuvaytga Jazeera aviakompaniyasi havo qatnovlari orqali 3 tonna ho‘l mevalar olib kelinishi qayd etildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 16-21 oktyabr kunlari Toshkent shahri, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida "O‘zbekiston-Kuvayt" biznes-forumlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi va unga ishtirok etish taklifi bildirildi.
Mavzuga oid

11:29 / 12.03.2025
Toshkent va Lyublinda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

15:25 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:44 / 18.02.2025