Peskov: Berlin hozircha Moskva bilan muloqot bo‘yicha aloqaga chiqmadi
Germaniyaning Die Zeit gazetasi kansler Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi.

Foto: RIA Novosti / Sergey Bobylev
Germaniya tomoni hozircha kansler Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat o‘tkazishni so‘ramagan. Bu haqda 2 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Berlindan suhbat bo‘yicha so‘rovlar bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berar ekan aytib o‘tdi.
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 1 oktyabr kuni Die Zeit gazetasi Germaniya hukumatidagi nomi oshkor etilmagan manbalariga tayanib xabar berdi. Bu suhbat noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Berlin hozircha Moskvaga rasmiy so‘rov bilan chiqqani yo‘q, deb yozadi nashr.
Agar suhbat bo‘lib o‘tsa, Shols Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar rahbarlaridan birinchi bo‘lib Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani tiklaydi. Germaniya kansleri va Rossiya prezidenti o‘rtasidagi so‘nggi telefon muloqoti 2022 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan. AQSh prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham Putin bilan oxirgi marta 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

13:40 / 05.06.2025
Kreml: Rossiya memorandumi mojaro asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan

16:37 / 29.05.2025
Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi bilan uchrashdi

12:23 / 14.05.2025
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi

11:10 / 13.05.2025