Tsyurixdagi Şvetsariya oliy texnika maktabi olimlari öziga xos lazer qurilmasini yaratdi. Uşbu yangi texnologiya tarixdagi eng kuçli öta qisqa lazer impulslarini hosil qiladi. Olimlarning ta’kidlaşiça, nazariy jihatdan bu impulslar qisqa vaqt davomida 100 ming dona çangyutgiçni işga tuşiriş uçun yetarli quvvatga ega bölardi.
Tadqiqotçilar ta’kidlaşiça, lazer köpinça uzluksiz va töplangan yoruğlik nuri sifatida tasavvur qilinadi. Biroq uning boşqa turlari ham mavjud. Masalan, ilm-fanda köpinça juda qisqa vaqt — soniyaning milliarddan bir qismidan ham kamroq davom etadigan qisqa impulslar zarur böladi. Bu yönalişda Şveytsariya muhim yutuqqa erişdi.
Olimlar işlab çiqqan lazer qurilmasi örtaça quvvati 550 W bölgan juda qisqa impulslar hosil qiladi. Bu avvalgi rekorddan 50 foiz yuqori. Noyob qurilma maksimal quvvati 100 MW’gacha bölgan impulslarni yaratişi mumkin. Ular 1 pikosekunddan kam vaqt davom etadi — tadqiqotçilar buni “sekundning milliondan bir uluşining milliondan bir uluşi” deb ta’kidladi. Şu bilan birga, qurilma bir soniyada 5 million impuls işlab çiqaradi.

Noyob işlanmani yaratiş uçun şveysariyalik mutaxassislar çorak asr davomida qisqa impulsli diskli lazerlarni takomillaştiriş ustida izlaniş olib bordi. Yaqinda ular közgularning maxsus joylaşuvini qölladi.
Ular lazer içidagi yoruğlikni diskka bir neça marta yuboradi, şundan keyingina u çiqiş közgusiga yetib boradi. Bu texnologiya yoruğlikni sezilarli darajada kuçaytiriş imkonini beradi.
Bundan taşqari, olimlar yarimötkazgiç materialdan maxsus közgu yaratdi. Unga tuşayotgan yoruğlik qançalik kuçli bölsa, közgu şunçalik köp yoruğlikni qaytaradi.
Tadqiqotçilar işlanma öz samarasini körsatganidan xursandligini ta’kidladi. Ularning aytişiça, yangi lazerdan turli sohalarda foydalaniş mumkin. Masalan, u juda aniq soatlar yasaşda qöl kelişi mumkin. Şuningdek, texnologiya turli materiallarga işlov berişga yönaltiriladi.








