Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri Şveytsariyada 30 mingdan ortiq ukrainalik qoçoq maqomidan mahrum böldi. Bu haqda mamlakatning migratsiya böyiça Davlat kotibiyati ma’lum qildi. Oy boşiga nisbatan ularning soni 199 kişiga oşgan.

«Duşanba, 17 mart — joriy raqamlar... 30 918 kişi S-maqomidan bekor qilindi», — deyiladi X ijtimoiy tarmoğidagi xabarda. 68 mingdan ortiq ukrainalik mazkur maqomni faol saqlab qolgan. Bu 3 martga nisbatan 133 kişiga köp demak.

Noyabr oxirlarida Şveytsariya parlamentida köpçilik öringa ega Milliy konservativ partiyasi (UDC) Ukrainaga köp milliardlik yordam körsatişga qarşi çiqqandi. UDC vakillari xuddi şunday fikrni ukrainaliklarga qoçoq maqomi beriş masalasida ham bildirgan.

«Şveytsariya S-maqomdan foydalanuvçi 65 ming ukrainalikka vaqtinçalik himoya taqdim etdi. Şundan buyon uşbu çora-tadbirlar uçun salkam 3 milliard frank sarflandi… Uşbu hayratlanarli summaga qaramay, Federal kengaş qöşimça 185 million frank kredit söramoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2024 yil sentabr oyida Norvegiya hukumati barça ukrainaliklarga avtomatik boşpana berişni töxtatişini e’lon qilgandi. Endi Ukrainaning ğarbiy oblastlari – Lviv, Volin, Ivano-Frankivsk, Ternopil, Rovno va Karpatortidan kelgan qoçqinlarning arizalari alohida körib çiqilmoqda.