O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Shveytsariya elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘on muammosi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishda o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.