Jahon | 20:56 / 14.10.2024
3020
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Moldova bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

YeI kengashi «Moldova Respublikasiga qarshi beqarorlashtiruvchi harakatlari» tufayli besh nafar shaxs va bitta tashkilotga nisbatan cheklov choralarini qabul qildi.

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi kengashi 14 oktyabr kuni «Moldova Respublikasiga qarshi beqarorlashtiruvchi harakatlari» tufayli besh nafar shaxs va bitta tashkilotga nisbatan cheklov choralarini qabul qildi, deb xabar beradi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.

«YeI Moldova xalqining qonuniy intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom etadi. Bugungi sanksiyalar ro‘yxati Moldova barqarorligini ta’minlashdagi bitta yana bir qadam hisoblanadi», — deydi Borrel.

Shu bilan birga, u Rossiyani Moldovadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda aybladi. Sanksiyalar ro‘yxatidan, shuningdek, «Yevraziya» nodavlat tashkiloti va uning direktori hamda asoschisi Nelli Parutenko ham o‘rin olgan.

Sanksiyaga tushganlarning aktivlari muzlatiladi, jismoniy shaxslarning YeIga kirishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, ularga «bevosita yoki bilvosita iqtisodiy resurslar yoki mablag‘larni taqdim etish»ga taqiq qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, «mazkur rejim doirasidagi cheklov choralari hozirda jami 16 nafar shaxs va ikki tashkilotga nisbatan qo‘llanmoqda».

Avvalroq Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Moldovaning rus tilida so‘zlashuvchi aholisi uchun mo‘ljallangan feyk akkauntlar tarmog‘ini o‘chirganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid