Qayd qilinişiça, ötgan 9 oyda iqtisodiyot 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oşdi. Yil yakunigaça kamida 6 foiz ösiş kutilmoqda. Oltin-valuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oşdi. Aholining milliy valutadagi depozitlari 50 foiz ösdi.

Taşqi investorlar işonçi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylaştirildi. Natijada bu yil investitsiyalarning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 33 foizdan oşadi. Eksport qariyb 19 foiz ösişi kutilyapti.

Yiğilişda iqtisodiyot va investitsiya sohasidagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.

Asosiy soliq stavkalari özgarişsiz qolayotgan holatda budjet daromadlarini köpaytirişning birdan bir yöli – soliq ma’murçiligini takomillaştiriş ekani qayd etildi.

Davlat rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralaşiş orqali emas, balki raqamlaştiriş, sun’iy intellekt va yaşirin iqtisodiyotni «soya»dan çiqariş hisobiga bölişi kerakligini ta’kidladi.

Yiğilişda 2025 yilga möljallangan iqtisodiy rejalar ham körib çiqildi.

Kelgusi yilda yalpi içki mahsulot ösişini saqlab qoliş uçun barça imkoniyat borligi qayd etildi. Buning uçun rejalaştirilgan loyihalarni öz vaqtida işga tuşiriş, transport-logistika, axborot texnologiyalari, agro va moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş talab etiladi. Imtiyozlarning samaradorligini körib çiqiş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Kelgusi yilda 78 ta tuman budjet xarajatini özi qoplaşga ötkaziladi. Buning uçun yer, mol-mulk va aylanma soliği töliq, daromad soliğining 50 foizi ularning özida qoldiriladi.

Ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib çiqib, ta’lim va soğliqni saqlaşga ajratilayotgan mablağlarni 20 foizga köpaytiriş nazarda tutilmoqda.

Yiğilişda bildirilgan fikrlar asosida 2025 yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yönalişlari belgilab olindi.

Qonunçilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.