Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat bilan institutning asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi. U davlat dasturlarini, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar tayyorlash, hududlar kesimida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, qaror bilan Institut huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish maqsadlari;
- Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va mablag‘lardan foydalanish hisobini yuritish tartibi.
Jamg‘armani moliyalashtirish manbalari:
- Davlat budjetidan har yili Institutning yillik mehnatga haq to‘lash fondining 40 foizi miqdorida ajratiladigan mablag‘lar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
13:22 / 10.03.2026
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
18:49 / 24.01.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
10:23 / 24.10.2025
Mediatsiya institutini takomillashtirish boshlanyapti
14:25 / 22.10.2025