AQŞ prezidenti Donald Tramp 17 aprel, payşanba kuni Oq uyda Italiya boş vaziri Jorja Melonini qabul qildi. Jurnalistlar bilan suhbatda har ikki yetakçi AQŞ va Yevropa Ittifoqi savdo tariflari böyiça kelişuvga erişa olişiga işonç bildirdi.
Şunday qilib, Tramp YeI bilan bitim tuzişga «yuz foiz» işonişini aytdi. U buni amalga oşiriş uçun zarur bölgan vaqtni «uç-tört hafta» deb hisobladi, deb xabar beradi AFP. Amerika rahbari, ammo a’zo davlatlar nomidan tariflar böyiça muzokara olib borayotgan Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen bilan uçraşişni xohlaysizmi, degan savolga javob berişdan boş tortdi. Biroq, u şunday dedi: «Biz Yevropa yoki boşqa birov bilan şartnoma tuzişda muammoga duç kelmaymiz».
Öz navbatida Meloni ham şunday dedi: «Biz kelişuvga erişa olişimizga işonaman». U AQŞni «işonçli hamkor» deb atadi. Uning sözlariga köra, Tramp «yaqin kelajakda» Rimga taşrif buyuriş taklifini qabul qilgan va u yerda boşqa Yevropa yetakçilari bilan uçraşiş variantini körib çiqmoqda. «Atlantikaning ikki qirğoği örtasida qandaydir muammolar bölsa ham, biz uçun uçraşiş va yeçim topiş vaqti keldi», deb ta’kidladi Italiya boş vaziri.
Öng populistik qaraşlarga ega bölgan Jorja Meloni immigratsiya siyosati kabi köplab masalalarda Donald Trampning pozitsiyasiga qöşilişini ta’kidladi. «Mening maqsadim — Ğarbni yana buyuk qiliş va men buni birgalikda uddalay olamiz deb öylayman», dedi u. Vaşingtondan qaytgaç, Meloni Rimda AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vensni qabul qilişni rejalaştirmoqda.












