Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hizbulloh» Hasan Nasrulloh vorisining o‘limini tasdiqladi
Hoshim Safiuddin 4 oktyabr kuni Isroil harbiylarining havo hujumi oqibatida halok bo‘ldi.
Livanning «Hizbulloh» harakati o‘z ijro kengashi rahbari Hoshim Safiuddin o‘limini tasdiqladi.
Isroil mudofaa kuchlari (IDF) 22 oktyabr kuni uning o‘ldirilganini e’lon qilgan edi. Ommaviy axborot vositalari uni 27 sentabr kuni Isroil hujumida halok bo‘lgan «Hizbulloh» bosh kotibi Hasan Nasrullohning vorisi deb atagan.
«Hizbulloh» o‘z ijro kengashi raisi Hoshim Safiuddin uchun motam tutadi», deyiladi bayonotda.
4 oktyabr kuni Isroil harbiylarining havo hujumi oqibatida Hoshim Safiaddin halok bo‘lgani haqida Al-Arabiya va Axios telekanallari xabar bergan edi. To‘rt kundan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu «Nasrullohning vorisi va uning vorisining vorisi ham yo‘q qilinganini» aytdi (u ismlarni aytmadi).
22 oktyabr kuni Isroil harbiylari Hoshim Safiuddinning «taxminan uch hafta oldin» Bayrut chekkasidagi «Hizbulloh» razvedka boshqarmasiga berilgan zarbada o‘ldirilgani haqida xabar berdi.
Hoshim Safiaddin Hasan Nasrullohning amakivachchasi. U 1994 yildan buyon «Hizbulloh» ijro qo‘mitasini boshqargan. OAV xabarlariga ko‘ra, 1992 yildan buyon Livan harakatiga rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh 2008 yilda Safiaddinni o‘z vorisi etib tayinlagan.
Mavzuga oid
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026