13 oktyabrdan Özbekistonning şimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Harorat keçalari +3...+8 darajagaça, şimoliy hududlarda -0...-2 darajagaça pasaydi, kunduz kunlari +13...+18 darajadan yuqori bölmadi.
Sovuq tuşişi bilan köp kvartirali uylar ança sovib qoldi. Quriliş, uy-joy kommunal vazirligi matbuot xizmati qonunçilikka muvofiq sutkalik harorat 8 gradusdan past bölganda isitiş mavsumi boşlanişini ma’lum qildi.
“Vazirlar Mahkamasining kommunal xizmatlar körsatişni tasdiqlaş töğrisidagi qaroriga köra xonadonlarni isitiş ehtiyojlariga asosan issiqlik energiyasini berişda isitiş davri Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi, viloyatlar va tumanlar, Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boşlanadi va tamomlanadi. Isitiş davri taşqi haroratning örtaça sutkalik harorati 5 kunlik davr mobaynida 8 gradusdan past bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi, 8 gradusdan yuqori bölganda esa tamomlanişi belgilangan. Isitiş mavsumining tugatilişi yoki boşlanişi borasida hududiy hokimliklar gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlariga tayanadi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Veolia Energy Tashkent esa gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlariga asosan Toşkent şahar hokimining tegişli qarori çiqişi bilan isitiş ta’minoti yoqilişini ma’lum qildi.
Xöş sutkalik harorat yaqin kunlarda 8 gradusdan pasayadimi? Özgidromet matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, taşqi haroratning sutkalik 8 gradusdan past bölişi yaqin bir hafta içida kuzatilmaydi.
“Respublika hududiga hafta oxirida iliq havo massalari kirib kelişi kutilyapti. Sovuq antitsiklonlar kirib kelişini uç, beş kun va bir hafta oldindan prognoz qilamiz. Hozirça sovuq antitsiklonlar kirib kelişi borasida prognozlar yöq, - deyiladi agentlik bergan ma’lumotda.
Özgidromet hafta boşida e’lon qilgan xabarda payşanba va juma kunlari (17-18 oktyabr kunlari) antitsiklon şarqqa tomon siljişi, bu kunlarda Özbekiston böyiça yoğingarçilik yoğişi ehtimoli kamligi aytilgan. “Havo harorati keçalari +3...+8 daraja atrofida bölişi saqlanib turadi, juma kuniga borib kunduz kuni +17...+22 darajagaça kötariladi”, - deyilgandi rasmiy xabarda.

















