Qarorga köra, avvalo Toşkent şahrida uy-joy mulkdorlarining umumiy yiğilişini çaqiriş, ötkaziş va qaror qabul qiliş, şartnomalar tuziş, boşqaruvçilar tomonidan murojaatlarni qabul qiliş va körib çiqiş jarayonlari töliq “Mening uyim” axborot billing tizimi (ABT) orqali amalga oşiriladi. 2027 yildan boşlab mazkur tartib respublikaning barça hududlariga tatbiq etiladi.

Şuningdek, köp kvartirali uylarda majburiy badal va tölovlar, umumiy mol-mulkni ijaraga yoki foydalanişga berişdan tuşadigan mablağlar, hisobi ham aynan şu tizim orqali yuritilişi belgilandi.

Qarorda ta’kidlanişiça, mazkur mexanizm uy boşqaruvida şaffoflikni ta’minlaş, moliyaviy hisob-kitoblarni yagona platforma orqali nazorat qiliş hamda mulkdorlar iştirokini kuçaytirişga qaratilgan.

Bundan taşqari, investitsiya loyihalarini saralaşda xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlari qarori talab etilişi, şuningdek, tutaş hududlardagi daraxt va butalarni xatlovdan ötkazib, ma’lumotlarni “Mening uyim” tizimida aks ettiriş tartibi ham joriy etilmoqda.