Adliya vazirligi «Köp kvartirali uylarni saqlaş va ulardan foydalaniş qoidalari»ni davlat röyxatidan ötkazdi.

Yangi qoidalarga köra, köp kvartirali uylar uçun boşqariş organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi.

Boşqariş organlari yuk kötaruvçi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanişi, xomaşyo, materiallar, yoqilği, inventar va xöjalik anjomlarini sotib oliş işlarini amalga oşiradi.

Köp kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalaniş hududlarida mulkdorlar umumiy yiğilişining qarori bilan me’morçilik detallari, reklamalar, afişalar, va e’lonlarni örnatiş mumkin böladi. Uylarda şovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oşmasligi şart.

Uylar (zinapoyalar, liftlar, çiqindi kamerasi, çiqindilarni töplaş moslamalari yertölalari va boşqalar), tutaş hududlar zaruratga köra, boşqariş organi tomonidan deratizatsiyalanadi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.

Uylarning yertöla qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelişi oqibatida suv yoki oqova suv töplanib qolsa, boşqariş organi 24 soat mobaynida yertöladagi suv va oqova massalarini çiqarib yuborişi lozim.

Boşqariş organi tomonidan haftada bir marta köp kvartirali uylarning kiriş yölaklari va lift xonalarini tozalaş hamda doimiy ravişda lift uskunalarini texnik monitoring qiliş amalga oşiriladi. Şuningdek, BSK tomonidan kiriş yölaklari va zinapoyalar yoritiş çiroqlari bilan ta’minlanişi, haftada bir marta tozalanişi, bir oyda kamida bir marta devorlari bilan qöşib yuvilişi kerak. Energiya iste’molini kamaytiriş maqsadida kiriş yölaklari va zinapoyalarga energiya tejamkor sensor lampalar örnatilişi maqsadga muvofiq.

Nimalar taqiqlanyapti?

Yangi hujjatga köra, köp kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlandi:

  • yonğin xavfini keltirib çiqaruvçi uskunalarni balkon va lodjiyaga örnatiş;
  • balkonda oğir buyumlarni saqlaş;
  • balkon va lodjiyaning fasad (taşqi) qismida kir, kiyim-keçak, gilam va boşqalarni osib qöyiş (içki qismi bundan mustasno);
  • uy hayvonlarini umumiy foydalanişdagi joylarda, zinapoyada, çerdakda, yertölada, şuningdek umumiy foydalanişdagi oşxonada, balkonda va lodjiyada saqlaş;
  • kiriş yölaklarining zinapoya maydonida va zinapoyaning ostida yonuvçi materiallarni saqlaş;