Qarorga köra, vazirlikning hududiy bölinmalarida «uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantiriş va ekspluatatsiya işlarini muvofiqlaştiriş böyiça boş muhandis» lavozimi joriy etildi. Uşbu lavozim Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda barça tuman va şaharlarda mavjud ştatlar, şuningdek budjetdan ajratiladigan qöşimça 89 ta ştat birligi hisobidan taşkil etiladi.
Yangi tartibga asosan, viloyat darajasidagi boş muhandislar hududiy boşqarma boşliğining örinbosari hisoblanadi va töğridan-töğri vazir örinbosariga böysunadi. Bu, öz navbatida, köp kvartirali uylar ekspluatatsiyasi, kommunal xizmatlar va joylardagi texnik masalalarni muvofiqlaştirişda boşqaruv va mas’uliyatni yanada aniqlaştirişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, tuman va şahar boş muhandislari bevosita viloyat boş muhandislariga böysunadigan tartib belgilanib, sohada yagona vertikal tizim şakllantirildi.
Qayd etilişiça, uşbu boş muhandis ştat birliklari davlat xizmatçilarini qisqartiriş böyiça topşiriqlardan mustasno etib belgilangan.













