Bolalar, erta va majburiy nikoh (BEMN) Yevrosiyoda keng tarqalgan va yetarliça hal etilmagan muammo bölib qolmoqda. Bunda kam ta’minlangan oilalar, qişloq joylari va mojarolardan aziyat çekkan hududlardagi qizlar va yoş ayollar örtasida sezilarli darajada yuqori körsatkiçlar saqlanib qolgan. Bu haqda Equality Now xalqaro inson huquqlari taşkiloti hisobotida aytiladi.

Qayd qilinişiça, Gurjiston va Qirğiziston Yevrosiyoda bolalar nikohining eng katta körsatkiçiga, Özbekiston esa eng kiçik körsatkiçiga ega.

Tadqiqotda Yevrosiyoning yettita davlati: Armaniston, Ozarboyjon, Gurjiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekistondagi bolalar nikohi, erta nikoh va majburiy nikoh (BEMN) muammosi har tomonlama tahlil qilingan. U inson huquqlarining buzilişiga qarşi kuraşiş uçun asosiy sabablar, oqibatlar, huquqiy va siyosiy asoslar va ehtimoliy aralaşuv strategiyalarini örganadi.

Hisobotda aytilişiça, yetti davlatning barçasi bolalar va majburiy nikohga oid qonunlarni isloh qiliş böyiça çoralar körgan, biroq faqat Gurjiston va Ozarboyjon nikoh uçun minimal yoşni istisnosiz 18 yoş deb belgilagan.

Qolganlari ota-ona roziligi va/yoki mahalliy hokimiyat ruxsati bilan 18 yoşga tölgunga qadar nikoh qurişga ruxsat beruvçi qonuniy qoidalarni saqlab qolmoqda. Rossiyaning bir qança mintaqalarida 14 yoşdan boşlab nikohga ruxsat berilgan.

Voyaga yetmaganlar iştirokida rasmiy röyxatga olingan nikohlar darajasi mamlakatlar örtasida va mamlakat içida sezilarli darajada farq qiladi. Gurjiston eng yuqori tarqaliş darajasiga ega, 20 yoşdan 24 yoşgaça bölgan ayollarning 14 foizi 18 yoşdan oldin turmuşga çiqdi va Kvemo Kartli kabi qişloq joylarida bu körsatkiç 25 foizga etadi. Qirğizistonda ham yuqori körsatkiç bor, xuddi şu yoşdagi ayollarning taxminan 13 foizi 18 yoşdan oldin turmuşga çiqadi.

Özbekistonda bolalar nikohi eng past körsatkiç – 3,4 foiz bölib, sönggi ön yil içida sezilarli darajada kamaygan. Biroq, Şarqiy mintaqada tarqaliş darajasi 11 foiz miqdorida qolmoqda.

Armanistonda erta turmuş quriş darajasi 5 foizni taşkil etadi va bu amaliyot kamayib borayotgan dunyodagi yetakçi önta mamlakat qatoriga kiradi. Taraqqiyotga qaramay, qizlar 13 yoki 14 yoşida turmuşga beriladigan yazidiylar jamoasida yoş nikohlar hamon keng tarqalgan.

Equality Now taşkiloti hukumatlarni nikoh uçun minimal yoşni istisnosiz 18 yoş etib belgilaşga çaqirmoqda. Hukumatlar, şuningdek, qizlarni yoş turmuşga uzatmaslik va maktabda uşlab turiş uçun oilalarni moddiy rağbatlantiriş çoralarini körişi kerak, deb hisoblamoqda.