Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask odamsifat Optimus robotiga ega Starship koinot kemasi 2026 yil oxirida Marsga uçişini e’lon qildi.

Uning qayd etişiça, agar parvoz muvaffaqiyatli yakunlansa, odamlar Marsga 2029 yildayoq qönişi mumkin. Ammo buning 2031 yilda sodir bölişi «ehtimoli yuqoriroq».

Tesla Optimus - Tesla tomonidan işlab çiqilgan robot prototipi. Mask rejalariga köra, Optimus 2025 yilda ommaviy işlab çiqarilişi kerak. Model odatdagi va xavfli topşiriqlarni bajarişga yordam beradigan odamsifat robot sifatida taqdim etilgan. Uning kutilayotgan narxi 30 ming dollarni taşkil qiladi.

2024 yil kuzida Mask keyingi ikki yil içida Marsga beşta Starship kosmik kemasi uçuvçisiz yuborilişini e’lon qildi. Tadbirkor bu davrni odatda har ikki yilda bir marta sodir böladigan Yer va Marsning «yaqinlaşişi» bilan izohladi. Uning sözlariga köra, agar missiya muvaffaqiyatli bölsa, 4 yil içida odam tomonidan boşqariladigan parvozlar amalga oşirilişi mumkin.