Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga «çet el agentlari»ning intellektual faoliyatdan daromad olişini qiyinlaştiradigan qonun loyihasi kiritildi. Hujjat 14 noyabr, payşanba kuni Federal majlis quyi palatasi ma’lumotlar bazasiga joylaştirildi.

Loyiha «çet el agentlari» intellektual faoliyatdan gonorarlar va ajratmalar tuşadigan rublda maxsus hisobraqamlarni oçişga majbur bölişini nazarda tutadi.

Qonun kuçga kirgandan söng röyxatdagi figurantlarga maxsus hisobraqam oçiş uçun 15 kun beriladi.

Qonun loyihasi birinçi öqişda kelasi hafta körib çiqilişi mumkin

Egalari tegişli maqom bekor qilingandan keyingina mablağdan foydalanişlari mumkin. Şu bilan birga, pulni hisobraqamdan çiqariş mumkin böladi — sud qarori bilan röyxatdagi şaxslarga nisbatan qöyilgan jarimalarni tölaş uçun.

Qonun loyihasini 450 deputatdan 429 nafari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin imzoladi.

Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraş qömitasi rahbari Vasiliy Piskarevning ta’kidlaşiça, gap Ukraina Qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlovçilar uçun «böşliq»ni yopiş haqida ketmoqda.

Ilgari 40 dan ortiq federal qonunlar qabul qilinib, ular «suverenitetni himoya qiliş va içki işlarimizga aralaşişga qarşi kuraşişga qaratilgan», dedi Piskarev.

Qonun loyihasi birinçi öqişda kelasi haftadayoq körib çiqilişi mumkin, deb yozadi «Meduza».

«Çet el agentlari» töğrisidagi Rossiya qonuni

Rossiyada rasmiylar «xorijiy ta’sir» ostida bölgan har qanday şaxsni «çet el agenti» deb e’lon qilişlari mumkin, uning ta’rifi qonunda juda noaniq. «Çet el agenti» böliş uçun hatto xorijiy manbalardan mablağ oliş ham şart emas.

Dastlabki «çet el agentlari» Rossiya Federatsiyasida ön yildan köproq vaqt oldin paydo bölgan. Öşanda rasmiylar gap faqat u yoki bu taşkilot xorijdan moliyalaştirilgani haqida jamoatçilikni xabardor qiliş haqida ketayotganini aytdi. Lekin qonunçilikka doimiy ravişda «çet el agentlari» zimmasiga yangi mas’uliyat yuklaydigan va ularni bevosita kamsituvçi özgartirişlar kiritilmoqda.