Uşbu salbiy omillar tufayli barça iqtisodiyotlarning qariyb 70 foizi — barça mintaqalar va daromadlar böyiça mamlakatlar guruhlarida iqtisodiy ösiş prognozlari pasayiş tomonga qayta körib çiqildi.
Prognozlarga köra, 2025 yilda jahon iqtisodiyotining ösiş sur’atlari 2,3 foizgaça pasayadi, bu yil boşida prognoz qilingan darajadan deyarli yarim foiz punktga past. Şu bilan birga, global retsessiya bölişi kutilmayapti.
Biroq, agar kelgusi ikki yil uçun prognozlar amalga oşsa, 2020-yillarning dastlabki yetti yilida jahon iqtisodiyotining örtaça ösiş sur’atlari 1960-yillardan keyingi barça ön yilliklar içida minimal böladi.
2025 yilda rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning qariyb 60 foizida iqtisodiy ösişning sekinlaşişi kutilmoqda. Örtaça yillik ösiş 3,8 foizni taşkil etadi, 2026 va 2027 yillarda esa biroz oşadi —3,9 foizgaça.
Xitoydan taşqari, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar yalpi içki mahsulotning umumiy ösişini 4 foiz darajasida saqlab qolişi mumkinligi taxmin qilinsa (2027 yilga möljallangan sur’atlar), ularga pandemiyadan oldingi iqtisodiy ösiş trayektoriyasiga qaytiş uçun taxminan 20 yil kerak böladi.
Agar eng yirik iqtisodiyotlar savdo keskinligini pasaytira olsa, jahon iqtisodiyotining ösiş sur’atlari kutilganidan tezroq tiklanişi mumkin, bu esa iqtisodiy siyosatning umumiy noaniqligi va moliyaviy tebranişlarning kamayişiga olib keladi.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, agar joriy savdo nizolari tariflarni may oyi oxiridagi darajadan ikki barobar pasaytiriş töğrisidagi kelişuvlar bilan hal etilganda edi, 2025 va 2026 yillarda jahon iqtisodiyotining ösiş sur’atlari örtaça 0,2 foiz punktga yuqoriroq bölar edi.
Hisobotda qayd etilişiça, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar savdo tösiqlari oşib borayotgan şaroitda boşqa mamlakatlar bilan strategik savdo-investitsiyaviy şerikliklarni yölga qöyiş va savdoni diversifikatsiya qiliş, şu jumladan mintaqaviy bitimlar tuziş orqali yanada kengroq liberallaştirişga intilişi lozim.











