Kreditlar böyiça talablar kuçaytirilganiga qaramay, Özbekiston aholisining qarz yuki yuqori darajada saqlanib qolyapti. Bu haqda Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik şarhida keltirilgan.
2024 yilda jismoniy şaxslarning jami majburiyatlarni inobatga olgan holdagi umumiy qarz yuki darajasi örtaça 34 foizni taşkil etgan. Bankdan qarz jalb etgan aholi orasida umumiy DSTI körsatkiçi (Qarzga xizmat körsatişning daromadga nisbati) 50 foizdan yuqori qarzdorlarga töğri keladigan kreditlar hajmining uluşi esa 40 foiz darajasida şakllangan.
Markaziy bankka köra, rasmiy daromadga ega bölmagan qarzdorlar uçun yuqori tavakkalçilik darajalari belgilangan. Natijada 2024 yil I yarim yilligida banklar tomonidan ajratilgan kredit şartnomalari sonining 23 foizi rasmiy daromadga ega bölmagan şaxslar bilan tuzilgan bölsa, 2024 yil II yarim yilligida uşbu körsatkiç 13 foizgaça pasaygan.
Regulyator bir neçta kredit majburiyatiga ega bölgan qarz oluvçilar uluşining ortib borişi aholining qarz yuki bilan boğliq xavotirlarini oşirayotganini qayd etgan. Bunda, tijorat banklari aktivlari tarkibida bir qarz oluvçining tölov qobiliyatidagi salbiy özgarişlar tegişli banklarning aktivlar sifatiga bir vaqtda ta’sir körsatadi. 2024 yil davomida banklardan kredit olgan jismoniy şaxslarning 68 foizida birdan ortiq kredit majburiyatlari mavjud bölgan. Ipoteka va avtokredit olgan jismoniy şaxslar tarkibida bir neça krediti mavjud qarzdorlarning uluşi mos ravişda 48 va 42 foizni taşkil etgan. Mikroqarz böyiça uşbu körsatkiç nisbatan yuqoriroq bölib, ularning 70 foizi birdan ortiq kreditga ega ekanligi qayd etilgan.

2025 yil 1 yanvar holatiga köra, bank yoki bankdan taşqari majburiyatlari mavjud jismoniy şaxslar soni 5,3 mln kişini taşkil etgan. Barça qarzdor aholi sonining 89 foizida banklar oldida tölaşi lozim bölgan krediti mavjud bölib, ularning 9 foizida bankdan taşqari majburiyatlari ham bor.
Umumiy qarz yuki darajasi
Bankdan kredit olgan aholining umumiy qarz yuki körsatkiçi 2024 yilda biroz oşgan. 2024 yilda banklardan kredit olgan jismoniy şaxslarning bank va bankdan taşqari barça qarzlarini inobatga olgan holdagi umumiy qarz yuki darajasi örtaça 34 foizni taşkil etgan. 2024 yilda bankdan qarz olgan aholi orasida umumiy DSTI körsatkiçi 50 foizdan yuqori qarzdorlarga töğri keladigan kreditlar hajmining uluşi 40 foizni taşkil etdi. Şuningdek, qarz oluvçilarning DSTI körsatkiçi 26–50 foiz oraliğida bölgan kreditlar hajmining jami kreditlardagi hissasi 42 foizga töğri kelgan. Kredit oluvçilarning 12 foizida esa kredit yöqotişlarining yuzaga keliş ehtimoli baland bölib, uşbu kredit oluvçilar böyiça DSTI körsatkiçi 100 foizdan yuqori körsatkiçni taşkil etyapti.


















