Kim Chen In KXDR harbiylariga murojaat yo‘lladi
U Shimoliy Koreya Qurolli kuchlari mamlakatning urushga shayligini to‘liq ta’minlashi kerakligini ta’kidlab, jangovar kuchlar sonini oshirishni buyurdi.

Foto: KCNA/Reuters
KXDR Qurolli kuchlari mamlakatning urushga shayligini to‘liq ta’minlashi kerak. Bu haqda mamlakat yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi, deb xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, AQSh hamda uning ittifoqchisi bo‘lgan Janubiy Koreya «Koreya yarimorolidagi vaziyatni tahdidli darajaga olib chiqqan».
Kim Chen In jangovar kuchlar sonini oshirish va KXDRning mintaqadagi harbiy-siyosiy ustunlugini oshirishga chaqirdi. Janubiy Koreya va AQSh kuchlarining harakatini u «harbiy adovat telbaligi» deb atadi.
«Biz erishilgan natijalarga qanoatlanmay, markazida cheksiz yadroviy kuchlar turgan davlatning o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlarini muntazam mustahkamlashni davom etamiz», — deydi KXDR yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan «Xeil-5-23» suvosti dron tizimini sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qilgandi. KXDR Mudofaa vazirligi bu AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Yapon dengizida o‘tkazgan uch kunlik harbiy mashg‘ulotlariga javob ekanini bildirgan.
Bir necha kun oldin esa Kim Chen In yangi kamikadze-dronlar sinoviga rahbarlik qilib, qisqa vaqt ichida ushbu qurollarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni buyurdi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

21:51 / 15.04.2025
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda

00:15 / 15.04.2025
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi

18:28 / 08.04.2025