OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘z aksiyalari paketining qariyb 25 foizini Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazdi: “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish loyihasi uchun taqdim etilgan 1 milliard dollarlik mablag‘lar yuzasidan jamg‘arma bilan shu tarzda hisob-kitob qilindi. Bitim Toshkent fond birjasi tarixidagi eng yirik tranzaksiya bo‘ldi.

Foto: OKMK
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyalarining yirik paketi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ixtiyoriga o‘tdi. 19 noyabr kuni ro‘y bergan bitim haqida Toshkent fond birjasi saytida ma’lumot mavjud.
Unga ko‘ra, kombinatning 175 472 021 dona aksiyasi nominal qiymatidan 17,7 barobarga qimmat – 69 499 so‘mdan hisob-kitob qilingan. Bitimning umumiy hajmi 12,195 trillion so‘m (MB kursi bo‘yicha 954,3 mln dollar)ni tashkil etgan.
Kap Depo'ga ko‘ra, bu – Toshkent fond birjasi tarixidagi eng yirik tranzaksiya bo‘lgan.
Avesta Investment Group'ning qayd etishicha, bitimda nazarda tutilgan qariyb 175,5 mln dona aksiya – OKMK jami aksiyalarining 24,7 foizini tashkil etadi.
Tiklanish va taraqqiyot bu aksiyalarni OKMKga “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish loyihasi uchun ajratgan krediti evaziga olgan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, jamg‘armaga o‘tkazilgan qariyb 175,5 mln dona aksiya OKMK aksiyadorlarining avgust oyidagi qarori asosida emissiya qilingan va bu qimmatli qog‘ozlar 7 oktyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Kombinat tomonidan qo‘shimcha 1 mlrd dollarlik aksiyalar chiqarilishi prezidentning 2020 yildagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, bu mablag‘ni Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ajratishi, mablag‘lar OKMK ustav kapitaliga yo‘naltirilishi va bu sotib olinadigan aksiyalarni qo‘shimcha emissiya qilish hisobiga bo‘lishi belgilangan. Maqsad – “OKMK konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning 1-bosqichi” loyihasini moliyalashtirish.
Hujjatda bu loyihani moliyalashtirishning yana ikki manbasi ko‘rsatilgan: OKMKning 250 mln dollar miqdoridagi o‘z mablag‘lari hamda mahalliy va xalqaro moliya institutlari konsorsiumidan jalb qilinadigan sindikatlangan kredit mablag‘lari.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda “Yoshlik-1” rangli metallar koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan. 2024 yil oktyabr oyiga kelib, bu fabrika qurilishi bilan parallel ravishda, 4-fabrika qurilishiga ham start berildi.
3-misni boyitish fabrikasi loyihasining qiymati 4,6 mlrd dollarga, 4-fabrika esa 5,3 mlrd dollarga baholangan. Ayni paytda, 5-fabrika ham loyihalashtirilmoqda.
- 19 noyabrdagi bitimda qayd etilgan narx bo‘yicha hisoblaganda, OKMKning kapitalizatsiyasi 3,9 mlrd dollarni tashkil etadi.
- Kompaniya 2025 yil 3-choragida xalqaro fond bozorida IPO o‘tkazib, aksiyalarining 5 foizgacha qismini birlamchi ochiq savdoga chiqarishi, yana 2 foiz aksiyasini hukumatning “xalqchil IPO” dasturi doirasida keng doiradagi mahalliy investorlarga taklif etishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

12:59 / 03.06.2025
Damashq fond birjasi qayta ochildi

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

20:46 / 21.02.2025
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

13:54 / 12.12.2024