Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Parvozlar har juma kuni amalga oshiriladi.
29 noyabrdan boshlab Toshkent va Pokistonning Lohur shahri o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd qilinishicha, parvozlar har juma kuni amalga oshiriladi.
Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 15 noyabrdan boshlab «Toshkent–Lohur–Toshkent» yo‘nalishida havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgan edi.
Ta’kidlanishicha, qatnovlar pokistonliklar uchun O‘zbekistonning, jumladan Toshkentning transport va tranzit xabi sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026