Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiqbo‘yi davlatlari Gurjistonda muxolifat aksiyasini tarqatishda ishtirok etganlarga sanksiya joriy etadi
Gurjistonda mamlakat hukumati YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yganidan keyin norozilik namoyishlari boshlangan. Politsiya namoyish ishtirokchilarini «vodomyot» va ko‘zni yoshlantiruvchi gazlar bilan quvib solmoqda.
Latviya, Litva va Estoniya Gurjistondagi muxolifat aksiyasini kuch bilan tarqatishga aloqadorlarga sanksiya joriy etadi. Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga yozib qoldirdi.
«Demokratiyaga qarshilar va inson huquqlarini buzuvchilarga bizning davlatlarimizda joy yo‘q», — deb yozadi Tsaxkna. Shuningdek, u Boltiqbo‘yi davlatlari sanksiyalar joriy etish bo‘yicha qarorni birgalikda qabul qilganliklarini qo‘shimcha qilgan.
Gurjistonda mamlakat hukumati Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yganidan keyin norozilik namoyishlari boshlangan. Namoyishchilar ketma-ket bir necha kundan beri Tbilisi markazidagi parlament binosi yaqiniga to‘planmoqda, shuningdek, mamlakatning boshqa shaharlarida ham norozilik aksiyalari o‘tkazilyapti. Politsiya namoyish ishtirokchilarini «vodomyot» va ko‘zni yoshlantiruvchi gazlar bilan quvib solmoqda, bir necha kishi qo‘lgan olingan.
Namoyishchilarni Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili qo‘llab-quvvatladi. 30 noyabr kuni u mamlakatdagi «yagona mustaqil, qonuniy institut» bo‘lib qolishini va muddati tugashiga qaramay, o‘z lavozimini tark etmasligini ma’lum qildi.
Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze esa o‘z navbatida, norozilik namoyishlarini «mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga hujum» deb atab, uni tashkillashtirishda yevropalik siyosatchilar hamda «beshinchi kolonna»ni aybladi.
1 dekabr kuni namoyishlar fonida AQSh Gurjiston bilan strategik sherikligini to‘xtatishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026