Vetnamning eng badavlat ayoli firibgarlik bo‘yicha ish apellyatsiyasida yutqazdi. Endi 9 mlrd dollar topa olmasa, uni qatl etishadi
Vetnamlik tadbirkor, mamlakatning eng boy ayoli Chiong Mi Lan o‘lim hukmi o‘qilgan firibgarlik ishi bo‘yicha apellyatsiyani yutqazdi. U faqat 9 mlrd dollar to‘lasa, oliy jazodan qutulib qolishi mumkin - bu o‘z firibgarligi bilan qo‘lga kiritgan mablag‘ning to‘rtdan uch qismini tashkil etadi.

STR/AFP via Getty Images
68 yoshli Chiong Mi Lan aprel oyida o‘lim jazosiga hukm qilingandi.
Sudda ma’lum qilinishicha, Chiong Mi Lan 2011 yildan 2022 yilga qadar bo‘lgan muddatda Saigon Commercial Bank bankidan 304 trillion dong miqdorida (12,5 mlrd AQSh dollari) kredit olgan. Bu — Vetnamning 2022 yilgi yalpi ichki mahsulot hajmining qariyb 3 foizi demakdir. Shu bilan birga, uning harakatlaridan davlatga yetkazilgan zarar 27 mlrd dollarga baholangan.
Vetnam qonunchiligiga ko‘ra, agar iqtisodiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosiga hukm qilinganlar o‘g‘irlangan mablag‘larning 75 foizini qaytara olsa, ularning hayoti saqlab qolinadi.
Shunday ekan, Chiong Mi Lan o‘lim jazosidan qutulib qolishi uchun 9 mlrd dollar atrofidagi mablag‘ topishi kerak bo‘ladi.
Apellyatsiya davomida tadbirkorning himoyasi hukmni umrbod qamoq jazosiga almashtirishni so‘rashdi. Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, agar mahkumning boshida o‘lim hukmi osilib turmasa, u zarur mablag‘ni topishi osonroq bo‘ladi. 9 mlrd dollar yig‘ish uchun Chiong Mi Lan aktivlari, masalan, Xoshimindagi ko‘chmas mulklari, korxonalar va qurilish loyihalaridagi aksiyalari va ulushlarini sotishi kerak bo‘ladi.
«Uning aktivlarining umumiy qiymati talab qilinayotgan tovon summasidan ko‘proq chiqadi», — deya izohlaydi BBC bilan suhbatda advokatlardan biri. «Ammo ularni sotish juda ko‘p kuch va vaqt talab qiladi: uning aktivlaridan aksari — tezda tugatib bo‘lmaydigan ko‘chmas mulklardan iborat».
Himoyachilar keltirgan argumentlarga qaramay, sud Chiong Mi Langa chiqarilgan hukmni o‘zgartirmagan. Unda prezidentdan afv qilishni so‘rash imkoniyati ham bor.
Hukmni qachon ijro etish rejalashtirilgani ma’lum emas: Vetnam o‘lim jazosiga davlat siri sifatida yondashadi va ijro etilgan hukmlar haqida e’lon qilmaydi. Qoidaga ko‘ra, hukm chiqarilishi va ijro etilishi orasida bir necha yil o‘tadi, mahbuslarga esa ijro muddati haqida oz vaqt qolganida ma’lum qilinadi.
Chiong Mi Lang ishi — Vetnamda ayol kishi iqtisodiy jinoyatlar uchun o‘limga hukm qilinishi bilan bog‘liq kamdan kam holatlardan biri. Bu jinoiy ishning misli ko‘rilmagan ko‘lami bilan ham bog‘liq. Vetnam davlat banki sohada vahimaga yo‘l qo‘ymaslik uchun Saigon Commercial Bank bankini qayta kapitallashtirish uchun milliardlab dollar sarflagan.
Bu jinoiy ish doirasida Chiong Mi Landan tashqari yana 85 kishi sud qilingan, ular orasida uning turmush o‘rtog‘i va qarindoshi ham bor. Ularning barchasi aybdor deb topilib, shartli uch yillik qamoqdan tortib 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.
Oktyabr oyida Chiong Mi Lan pul yuvish bo‘yicha boshqa jinoiy ish doirasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:23
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
-
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

19:00 / 13.03.2025
Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi?

15:23 / 08.03.2025
AQShda 15 yil ichida birinchi marta o‘lim jazosi otuv yo‘li bilan amalga oshirildi

11:16 / 02.03.2025
Uchta hududda imtiyozli kredit olib berishini aytib odamlarning pullarini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

17:42 / 28.02.2025