Ozodbek Möydinov Farğona viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi kardiojarrohlik bölimi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi. U ayni paytda yurak kasalliklari bilan oğrigan bolalarni jarrohlik yöli bilan davolab kelmoqda. Şifokor Kun.uz muxbiri bilan suhbatda operatsiya jarayonining murakkab tomonlari, bolalarda uçrayotgan kasalliklar, sohaning bugungi kundagi holati haqida sözlab berdi.

“Şifokorlik sohasiga, ayniqsa, xirurgiyaga qiziqiş bolalikdan boşlandi. Yurak jarrohligi böyiça institutga kirdik...

Yönalişim böyiça Rossiyada tahsil oldim, Belarus va köproq Ukraina davlatlarida ham böldim. Tajriba orttirib yurtimizga qaytib keldim va endi Farğonadaman.

Çet elda yurgan köplab vatandoşlarimizni yurtga çaqirib birga işlaş taklifini berdim, lekin ular negadir qaytişmadi...

Ozodbek Möydinov

Ilk operatsiyani assistentlar bilan 2017 yilda boşlaganmiz; qörquv bölgan, albatta. Yurak operatsiyasini kiçik tirqiş orqali, ya’ni yurakni töxtatmasdan qilganmiz öşanda.

Xirurgiya sohasida, agar qörquv bölsa, bir narsaga erişa olmaysiz. Umrimizning töqson foizi şifoxonada ötadi. Köp şifokorlar öz oilasiga juda kam vaqt ajratadi, çunki ota-onalar bolalarini bizga işonib topşiradi. Ularning işonçini oqlaşimiz şart. Agar bu işonçni suiiste’mol qilsak, bundan yomoni yöq. Bolajonlarimizning dardiga malham bölolmaymiz.

Şifokor mas’uliyati alohida mavzu. Operatsiyani qilib bölib, “böldi, ketdi endi” deyiş bu xiyonat. Köçada temir yoki maşina bölsa, urib yuborsangiz, yangi maşina olib berasiz, lekin insonni hayotga qaytariş juda muşkul. Xirurgning qahri qattiq deyişadi. Töğri, qahri qattiq bölişi kerak, çunki köp narsani köngliga oladigan bölsa, jarroh ham kasal bölib qoladi yoki boşqa narsalarga berilib ketadi.

Otam köp gapiradilar: “Hamma narsa Allohdan, peşonasiga nima yozilgan bölsa, öşani köradi.” Har operatsiyaga kirganimda “Bismilloh”ni aytib, Allohga tavakkal qilaman. Işimning rivojini bergin, bolajonimizni eson-omon ota-onasi bağriga yaxşi holatda qaytarişimga yordam ber”, deb boşlayman.