Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti so‘roqqa chaqirildi
Lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan Yun Sok Yol isyonga urinish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanib, so‘roqqa chaqirildi. Agar prezident kelmasa, uni hibsga olish uchun order berilishi mumkin.
Janubiy Koreyaning lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan prezidenti Yun Sok Yol prokuraturaga so‘roqqa chaqirildi. U e’lon qilingan harbiy holat tufayli isyon ko‘tarishga urinish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda, deb xabar berdi Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 17 dekabr, seshanba kuni.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, bu Yun Sok Yoolga prokuraturaga kelish talabi bilan yuborilgan ikkinchi chaqiruv qog‘ozi — u birinchisiga e’tibor bermagan. Agar impichment qilingan prezident 21 dekabr, shanba kunigacha ikkinchi bor kelmasa, unda uni hibsga olish uchun order berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Prokuraturadan mustaqil ravishda Yun Sok Yolni politsiya, yuqori hukumat amaldorlari o‘rtasidagi korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi va Janubiy Koreya mudofaa vazirligining tergov departamenti vakillaridan iborat qo‘shma tergov guruhi tomonidan so‘roqqa chaqirilgan. Ushbu chaqiruv qog‘oziga ko‘ra, to‘xtatilgan prezident chorshanba kunigacha kelishi kerak.
Xabarlarga ko‘ra, tergovchilar, shuningdek, prezidentning telefon qo‘ng‘iroqlari yozuvlarini olish maqsadida uning xavfsizlik idorasida reyd o‘tkazgan.
Yun Sok Yolning o‘zi avvalroq fitna bo‘yicha ayblovlarni rad etgan edi.
Janubiy Koreya parlamenti prezidentga ikkinchi urinishda impichment e’lon qildi
14 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentining 300 nafar a’zosidan 204 nafari Yun Sok Yolni lavozimidan chetlashtirish uchun ovoz berdi. Bunga prezident tomonidan 3 dekabr kuni kutilmaganda mamlakatda harbiy holat joriy etilgani sabab bo‘ldi. Voqealarning bunday rivoji parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi, shundan so‘ng hukumat prezident qarorini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Yun Sok Yol va uning bir qator tarafdorlariga qarshi tergov boshlandi, 7 dekabr kuni esa parlamentda mamlakat rahbariga impichment masalasi ko‘tarildi. Biroq, o‘shanda ovoz berishni o‘tkazish imkoni bo‘lmadi — parlamentda 108 o‘rinni egallagan «Fuqarolik kuchi» a’zolari protsedurani boykot qildilar. Hukmron partiyaning deyarli barcha a’zolari zalni tark etgani bois 195 kishi prezidentning iste’fosi uchun ovoz berdi, jarayon amalga oshishi uchun kamida 200 ta ovoz kerak edi, shu tariqa kvorumga erishilmadi.
Parlament a’zolari impichmentni qo‘llab-quvvatlagach, bu masalani Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi kerak. Prezident vazifasini endi vaqtincha mamlakat bosh vaziri Xan Dak Su bajaradi.
Mavzuga oid
16:31
Isyonda ayblanayotgan Janubiy Koreya prezidenti politsiya so‘roqiga kelmadi
21:54 / 17.12.2024
Janubiy Koreya Toshkent-Samarqand temiryo‘lining yangi tarmog‘ini loyihalashtirishni boshladi
16:45 / 17.12.2024
Janubiy Koreyada armiya bosh shtabi boshlig‘i hibsga olindi
22:17 / 16.12.2024