Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya boshpana taqdim etish qoidalarini kuchaytiradi
Shvetsiya hukumati boshpana taqdim etish qoidalarini kuchaytiradigan qonun loyihasini tayyorladi. Endi rad javobini olgan shaxslar boshpana taqdim etilishini so‘rab faqat besh yildan keyin qayta ariza berishlari mumkin bo‘ladi.
Shvetsiya hukumati va uni qo‘llab-quvvatlovchi «Shvetsiya demokratlari» partiyasi boshpana taqdim etish qoidalarini kuchaytiradigan qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda migratsiya masalalari bo‘yicha vazir Yuxan Forsel ma’lum qildi.
Yangi taklifga ko‘ra, rad javobini olgan shaxslar boshpana taqdim etilishini so‘rab faqat besh yildan keyin qayta ariza berishlari mumkin. Bu vaqt davomida ular qirollik hududida qolishlari mumkin emas.
«Ushbu takliflar boshpana taqdim etish rad etilgan shaxslarning vataniga qaytishini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Biz, shuningdek, bu boshpana olish uchun asossiz arizalar sonini qisqartirishiga umid qilyapmiz», — deydi Forsel.
Qonunchilikka kiritiladigan qo‘shimchalar 2025 yil 1 apreldan kuchga kirishi kutilmoqda.
«Rad etilganidan keyin belgilangan muddat tugashi va ishni qayta ko‘rish maqsadida yana ariza topshirish uchun Shvetsiyada noqonuniy ravishda qolish rag‘bati bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Avstriya hukumati o‘z vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan pul to‘lashi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Yevropa davlatlari suriyaliklarga boshpana berishni to‘xtatishni boshlagan. Berlinning aniqlik kiritishicha, hozircha suriyaliklarni mamlakatdan deportatsiya qilish haqida gap ketmayapti. Vena, aksincha, «repatriatsiya va deportatsiya dasturini» tayyorlamoqda. Boshqa davlatlar ham suriyaliklarning boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni to‘xtatishini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026