Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq gurjistonlik diplomatlar uchun vizasiz rejimni to‘xtatib qo‘ydi
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari diplomatik pasportga ega gurjistonlik amaldorlar uchun vizasiz rejimni to‘xtatishga kelishib oldi.
YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, endi Yevrokomissiya ushbu taklifni ittifoqqa a’zo davlatlarga tasdiqlatish uchun taqdim etishi kerak.
Diplomatlardan birining aytishicha, mazkur chora-tadbirlar «oddiy fuqarolarni jazolamagan holda» gurjistonlik siyosatchilarga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan. Shuningdek, Kallasning ma’lum qilishicha, vazirlar «tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik ortida turgan» amaldorlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashni muhokama qilgan, ammo yakuniy qarorga kela olmagan. Viza rejimining joriy etilishini u «ramziy birinchi qadam» deb atadi.
«Juda qizg‘in munozara bo‘lib o‘tdi, shuningdek, bundan ko‘proq ishni qilish istagi bor edi», — deydi Kallas.
Gurjiston 2023 yilda Yevropa Ittiqofi a’zoligiga nomzod maqomini qo‘lga kiritgan edi. 2024 yil noyabrda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi 2028 yilga qadar ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni to‘xtatilganini ma’lum qildi. Shundan keyin Tbilisida norozilik namoyishlari boshlandi va ularni bostirish uchun kuch tuzilmalari vodomyot hamda ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalandi. Bir qator davlatlar, jumladan, Latviya, Litva, Estoniya va Ukraina gurjistonlik amaldorlarga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026